6-sinf Fizika fanidan Molekulalar va ularning o'lchamlari dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Molekulalar va ularning o'lchamlari dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Molekulalar va ularning o'lchamlari dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 9-mavzu: Molekulalar va ularning o'lchamlari Sizga ma'lumki, har bir moddaning o'ziga xos xususiyati bor. Masalan, shakar - shirin, tuz - sho'r va h.k. Shakarni olib, hovonchada maydalaylik. Maydalangan kukunni yalab ko'rsak, shakar mazasi qolganligini sezamiz. Oldingi mavzuda aytilganidek, uni yanada mayda bo'laklarga bo'lib borsak shirin maza saqlanib qoladimi? Tajribalar ko'rsatadiki, moddaning xossasi uning zarrasi ma'lum o'lchamgacha bo'linsa, saqlanib qoladi. Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarraga molekula deyi ladi. Molekula (lotincha moles - massa) bitta atomdan yoki bir necha atomdan tashkil topishi mumkin. Masalan, suv molekulasi 3 ta atom dan tashkil topgan. Unda 1 ta kislorod va 2 ta vodorod atomi bor (4-rasm). Biz nafas oladigan kislorod gazining molekulasi ikkita bir xil kislorod atomidan iborat. Nafas chiqarganda chiqadigan karbonat angidrid gazi esa bitta uglerod va ikkita kislorod atomidan tashkil topgan. Har bir atom va molekulani o'ziga xos harflar va raqamli harf bilan belgilash qabul qilingan. Masalan, kislorod atomini - O harfi bilan, molekulasi ikkita atom dan tashkil topganligi uchun O2 shaklida belgilanadi. Karbonat angidrid molekulasi - CO2 , suvniki - H2 O ko'rinishda bel gilanadi. Shunga ko'ra, suv molekulasini atomlarga ajratsak, ikkita vodorod va bitta kislorod atomi alohida holatda suv xossasini bermaydi. Juda ko'p atomlardan tashkil topgan molekulalarda atomlarning o'zaro joylashishi ham uning xossalarining o'zgarishiga sabab bo'lar ekan. Hatto aynan bitta nomdagi atomlardan ba'zilari ichki tuzilishi bilan boshqasidan farq qilishi mumkin ekan. Tabiatda aynan bir xil jismlar yo'q. Hattoki egizaklar ham nimasi bilandir farq qiladi. Shu farqlari bilan ota-onasi ularni ajratib oladi. Lekin aynan bitta moddaning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 913.31 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 913.31 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga