6-sinf fizika darsligi asosida 10-mavzu: Molekulalarning o'zaro ta'siri va harakati. Broun harakati Xonada atir solingan idish qopqog'ini ochib bir tomchisini qo'lga yoki kiyimga tomizaylik. Birozdan so'ng uning hidini boshqalar ham sezishadi. Quruq naftalinni berk idishdan olib stolga qo'ysak, uning hidini ham sezamiz. Ma'lumki, hidni sezish uchun atir yoki naftalinning zarralari burnimizga yetib kelishi kerak. Demak, atir yoki quruq naftalin zarralardan tashkil topishidan tashqari, bu zarralar harakatda bo'lar ekan. Xona sovib ketsa, undagi pechkaga gaz, ko'mir yoki o'tin yoqamiz. Pechkaning og'zi berk bo'lsa-da, xona isiydi. Pechkadagi issiqlik xonaning barcha burchaklariga qanday yetib boradi? Bunda ham havo zarralarining harakat qilishi tufayli issiqlik uzatilar ekan. Agar suyuqlikni tashkil etuvchi molekulalar harakatda bo'lmaganida, daryolar va ariqlarda suv oqmas edi. Xullas, gazlarda, suyuqliklarda mole kula larning harakat qilishlariga ishonch hosil qildik. Qattiq jismlarda ham zarralar harakatda bo'ladimi? Buning uchun quyidagi tajribani ko'raylik (6-rasm). Metalldan yasalgan shar olaylik. Simdan shar tegib o'tadigan halqa yasaylik. Halqa orqali sharni bir necha marta o'tkazib ko'ramiz. Shundan so'ng sharni qizdiramiz. Endi halqadan sharni o'tkazmoqchi bo'lsak, o'tmaydi. Sharni tashkil etgan zarralar harakati tufayli qizigan shar kengayib qolar ekan. Shunday savol tug'iladi: moddalarni tashkil etgan zarralar qanday harakatlanadi? Zarralar harakatini birinchi bo'lib kuzatgan odam ingliz botanigi Robert Broun edi. U 1827-yilda ko'zga ko'rinmaydigan gul changi (spora - urug')ni suyuqlikka soladi va mikroskopda kuzatadi. Kuzatishlar shuni ko'r satadiki, gul changi zarralari to'xtov siz harakat qilar ekan. Ular uchun kechasimi, kunduzimi yoki qishmi, yozmi baribir, harakat to'xtamas ekan. Bundan tashqari, zarralar harakati mutlaqo tartibsiz. Buni tushunish uchun shunday voqeani ko'z oldingizga keltiring. Sinfga puflangan ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
772.77 KB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
772.77 KB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan