Musiqiy tovushlar va shovqinlar. Tovush va salomatlik. Me'morchilikda tovush 6-sinf fizika darsligi asosida 61-mavzu: Yuqorida aytganimizdek, biz tovushlar olamida yashaymiz. Bu tovushlar yoqimli bo'lsa, musiqiy ta'sir qildi deymiz. Yoqmasa, buncha shovqin deymiz. Yig'layotgan chaqaloqning ovozi onasiga yoqimli bo'lsa, begona kishiga shovqin bo'lib tuyuladi. Kimgadir nog'oraning ovozi musiqiy tuyulsa, kimdir uni shovqin sifatida qabul qiladi. Shu sababli ularni qat'iy chegaralash qiyin. Latifani eslaylik. «Nasriddin bir kuni musiqachi tanishinikiga mehmon bo'lib boribdi. Tanishi unga turli xil musiqa asboblarini uzoq vaqt davomida chalib ko'rsatibdi-da, so'rabdi: «Mulla Nasriddin, shu musiqa asboblaridan qaysi birining ovozi sizga yoqadi» - desa, Nasriddin qorni ochib ketganligidan: «Menimcha eng yaxshi ovoz, kapgirning qozonga urilishidan chiqqan ovoz», - degan ekan». Shunga ko'ra, odamlarga turli tovushlar turlicha ta'sir ko'rsatadi. Umuman olganda, ko'pchilikka musiqiy tovushlar yoqadi. Musiqa asboblarida tovushlar quyidagicha hosil qilinadi: havo ustuni tebranishi (karnay, surnay, klarnet, fleyta, saksofon va h.k.), tor tebranishi (rubob, tor, dutor, tanbur, skripka, violonchel, g'ijjak va h.k.), tarang tortilgan teri yoki membrana tebranishi (doira, baraban, nog'ora va h.k.) va elektron asboblardagi tebranishlar tufayli. Ular chiqaradigan tovushlarning chastotasi, balandligi, tembri turlicha bo'ladi. Masalan, skripka chiqaradigan tovush chastotasi 260-1500 Hz, klarnetniki 150-800 Hz, nog'oraniki 90-1400 Hz atrofida bo'ladi. Musiqiy tovushlarning parrandalarga, uy hayvonlariga ta'siri borligi ham o'rganilgan. Har qanday yoqimli kuy yoki ashulani ham juda baland ovozda qo'yilsa, u shovqinga aylanadi. Shovqin inson asabiga va salomatligiga ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli shovqindan asrash uchun tovush yutuvchi vositalardan foydalaniladi. Narsa va vositalarning tovushni yutish xossasini belgilash uchun tovush yutish koeffitsiyenti (a) deb ataluvchi kattalik kiritiladi. a- yutilgan tovush energiyasining tushgan ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1005.61 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1005.61 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan