6-sinf Fizika fanidan Nurlanish, turmushda va texnikada issiqlik uzatilishi dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Nurlanish, turmushda va texnikada issiqlik uzatilishi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Nurlanish, turmushda va texnikada issiqlik uzatilishi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 39-mavzu: Nurlanish. Turmushda va texnikada issiqlik uzatilishidan foydalanish Shunday qilib, konveksiya ham, issiqlik o'tkazuvchanlik ham zarralar harakati bilan amalga oshiriladi. Unda Yerdagi energiyaning asosiy sababchisi bo'lgan Quyoshdan issiqlik Yerga qanday uzatiladi? Axir, Yer va Quyosh orasida zarralar deyarli yo'q bo'lgan muhit - vakuum mavjud-ku! Bu holatda issiqlik nurlanish orqali uzatiladi. Quyoshdan kelayotgan yorug'lik oqimi o'zi bilan birga issiqlik energiyasini ham olib keladi. Cho'g'lanma elektr lampochkasi ham yorug'lik bilan birga issiqlikni nurlantiradi. Lampochka ichida havo bo'lmasa-da, lampochkadan nurlangan issiqlikni kaftimiz bilan sezishimiz mumkin. Nurlanish orqali olingan energiya isitiluvchi yuza rangiga bog'liq. Qishda qor ustiga bir xil materialdan qilingan bir xil yuzali, birioq, ikkinchisi qora rangga bo'yalgan mato yoyib qo'yilsa, qora mato tagida qor ko'proq eriganligini ko'ramiz. Demak, yuzaga tushgan nurlanish energiyasi unga yutilishi yoki undan qaytishi mumkin ekan. Deraza oynalari Quyoshdan keluvchi nurlanishni yaxshi o'tkazadi, lekin uydagi radiatordan chiqqan issiqlikni yomon o'tkazadi. Issiqxona («teplitsa») lardagi oynali devor va shiplarning vazifasi sizga endi tushunarli bo'lsa kerak! Konveksiya, issiqlik o'tkazuvchanlik va nurlanish hodisalaridan turmushda va texnikada keng foydalaniladi. 77-rasmda uylarni qaynagan suv bilan isitish sistemasida qo'llaniladigan «qozon»ning ichki tuzilishi keltirilgan. Unda hosil bo'ladigan konveksiyani tushuntirishga harakat qiling. 78-rasmda radiator vositasida isitiladigan xonaning qirqimi ko'rsatilgan. Xonada borayotgan jarayon haqida tushuntirish bering. Nima sababdan radiatorlar deraza tagiga o'rnatiladi? 79-rasmda suyuqliklarni dastlab quyilgan paytidagi temperaturasida uzoq muddat saqlaydigan idish - termos keltirilgan. Unda metall qobiq ichida ikki qavatdan iborat shisha devorli idish joylashtirilgan. Shisha devorlar oralig'i vakuumdan iborat. Shisha idishning ichki qismi yupqa kumush bilan qoplangan. Bunday idishdagi suyuqlik issiq holatda uzoq ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 790.65 KB
Ko'rishlar soni 271 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 790.65 KB
Ko'rishlar soni 271 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga