6-sinf fizika darsligi asosida 7-mavzu: O'lchashlar va o'lchash aniqligi Biz biror fizik kattalikni o'lchamoqchi bo'lsak, tegishli asbobdan foydalanamiz. O'lchov asboblarida o'lchanadigan kattalikni ko'rsatadigan shkalasi bo'ladi (2- rasmdagi chizg'ich, sekundomer, shtangensirkul, menzurka). Shkalada shtrixlar chizilgan bo'lib, ulardan ayrimlarining ro'parasiga raqamlar yozilgan. Raqamlar yozilgan ikki qo'shni shtrix orasida bir qancha raqamsiz, lekin kichik o'lchamdagi shtrixlar chizilgan bo'ladi. Mana shu ikkita qo'shni shtrix oralig'i shkalaning darajasi deyiladi. O'lchov asbobidagi ushbu eng kichik daraja asbobning o'lchash aniqligi deyiladi. Asbob shkalasining darajasini aniqlash uchun asbob shkalasidagi ikki qo'shni fizik kattalik farqi olinib, ular orasidagi ajratilgan oraliqlar soniga bo'linadi. Masalan, chizg'ichdagi shtrixda «1 sm» va «2 sm» deb yozilgan. Ular orasida 10 ta yozilmagan chiziqchalar bor. Demak, chizg'ich shkalasining darajasi Biror kattalikni o'lchashdan oldin o'lchanadigan kattalik o'lchov asbobining imkoniyati bilan solishtiriladi. Masalan, qalam yoki ruchkaning uzunligini o'lchash kerak bo'lsa, uni o'lchashga oddiy o'quvchilar chizg'ichining imkoniyati yetarli bo'ladi. Chunki uning o'lchash chegarasi qalam yoki ruchkaning uzunligidan katta. Lekin bunday o'lchashda ham xatolik bo'ladi. O'lchash paytida bunday xatolik o'lchanayotgan kattalik ikkita qo'shni chiziq oraligiga to'g'ri kelib qolishidan hosil bo'ladi. Fizikada o'lchash davrida yo'l qo'yiladigan noaniqlikni o'lchashlar xatoligi deyiladi. O'lchov asboblarida uning qiymati shkalaning dara jasidan katta bo'lmaydi. Predmet uzunligi o'lchov asbobining shkalasidagi shtrix bilan ustma-ust tushganda ham baribir xatolik bo'ladi. Bu inson ko'zi imkoniyatlari chegaralanganligi bilan bog'langandir. Shunga ko'ra o'lchashlar xatoligi o'lchov asbobi ning shkalasi darajasining yarmiga teng deb qabul qilingan. Ko'pincha uzunligi chizg'ichning o'lchash chegarasidan katta bo'lgan hollar uchraydi. Masalan, stol uzunligini o'lchash kerak bo'lganda, boshqa uzun chizg'ich bo'lmasa, kalta chizg'ichni ketma-ket bir necha marta stolga qo'yib ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
6.26 MB
Ko'rishlar soni
204 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
6.26 MB
Ko'rishlar soni
204 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan