6-sinf fizika darsligi asosida 12-mavzu: Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi Sovuq qish kunlarida hovuzlar, ko'llar va ariqlarda suv muzlaydi. Yozda, aksincha, hovuzchadagi suv ancha turib qolsa, qurib qoladi. Bunda suv bug'ga aylanib ketadi. Tabiatda suv uch xil holatda uchraydi. Qattiq - muz holatida, suyuq - suv va gazsimon - bug' holatida. Demak, bug', suv va muz bir xil molekula lardan tashkil topgan. Ular faqat molekulalarning o'zaro joylashishi va harakati bilan farq qiladi. Bug' alohida-alohida molekulalardan tashkil topgan bo'lib, to'xtovsiz va tartibsiz harakat qiladi. Shu sababli suv yuzasidan ko'tarilgan bug' havoga oson aralashib ketadi. Havo tarkibida har doim suv bug'lari bo'ladi. Shuningdek, havoda kislorod, karbonat angidrid kabi boshqa gazlar bor. Ularning molekulalari ham to'xtovsiz va tartibsiz harakatda bo'ladi. Deraza tirqishidan tushgan yorug'likka yon tomondan qarasangiz havodagi juda mayda chang zarralarining ham to'xtovsiz va tartibsiz harakatini kuzatish mumkin. Ularning bunday harakati havodagi turli gaz molekulalari bilan to'xtovsiz to'qnashib turishlari tufaylidir Puflanadigan yupqa sharni biroz shishirib, og'zini mahkam bog'laylik. Uni qo'l bilan qissak kichrayganini ko'ramiz. Demak, gazni siqish mumkin. Ikkita yupqa sharni olib, birini birorta naycha orqali puflab shishiraylik. So'ngra sharcha og'zini ip bilan mahkam bog'lab, naychaning ikkinchi uchini boshqa puflanmagan sharcha og'ziga mahkamlaylik. So'ngra birinchi sharcha og'zidagi bog'langan ipni ochib yuborsak, havo naycha orqali ikkinchi sharchaga o'tib uni shishiradi (9-rasm). Demak, gaz bir idishdan ikkinchisiga tutashtirilgan nay orqali o'z-o'zidan o'ta oladi. Gazni qaysi idishga solmaylik, o'sha idish shaklini va hajmini to'la egallaydi. Gazlarning mole kulalari orasidagi masofa moleku lalarning o'lchamidan o'rtacha 100-100 marta katta. Bunday masofada molekulalarning o'zaro tortishish kuchi ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
674.56 KB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
674.56 KB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan