6-sinf fizika darsligi asosida 17-mavzu: Laboratoriya ishi. Qattiq jismning zichligini aniqlash Kerakli asboblar. Shayinli tarozi (toshlari bilan), o'lchov chizg'ichi, to'g'ri burchakli parallelepiped shaklidagi yog'ochdan, plastmassadan, metalldan yasalgan narsalar To'g'ri geometrik shaklga ega bo'lmagan predmetlar (kichik qaychi, qalamtarosh), suv, menzurka. Ishni bajarish. 1. To'g'ri burchakli parallele piped shaklidagi jismlardan biri olinib, uning bo'yi (l1 ), eni (l2 ) va balandligi (l3 ) chizg'ich yor damida o'lchanadi (20-rasm). Natijalarga ko'ra V = l1 · l2 · l3 hajm hisoblanadi. 2. Tarozining bir pallasiga to'g'ri bur chakli parallelepiped, ikkinchi pallasiga toshchalar qo'yilib, muvozanatga keltiriladi. Toshchalarga qarab jism massasi m aniqlanadi. 3. formula yordamida jism zichligi hisoblab topiladi. 4. Yuqorida ko'rsatilganidek, tajriba boshqa parallelepipedlar bilan o'tkazilib, ularning ham zichliklari aniqlanadi. 5. O'lchash va hisoblash natijalari quyidagi jadvalga yoziladi. 6. To'g'ri geometrik shaklga ega bo'lmagan jismlardan birining massasi mjism tarozida tortib olinadi. 7. Menzurkaga jism solinganda suv sathi o'lchov chizig'idan o'tib ketmay digan darajada suv quyiladi. Dastlabki suv sathi V1 yozib olinadi. 8. Massasi aniqlangan jismni ipga bog'lab, menzurkaga tushiriladi. Bunda suv sathi ko'tariladi (17-rasmga qarang). Suvning jism botirilgandagi sathi V2 o'lchab olinadi. 9. Vjism = V2-V1 formuladan jism hajmi hisoblanadi. ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
964.96 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
964.96 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan