6-sinf fizika darsligi asosida 49-mavzu: Quyosh va oy tutilishi Tabiatda soya va yarim soya hosil bo'lishini katta masshtabda Quyosh va Oy tutilishida kuzatish mumkin. Ma'lumki, Quyosh atrofida boshqa sayyoralar kabi Yer ham o'zining tabiiy yo'ldoshi Oy bilan birgalikda aylanib turadi. Yer Quyosh atrofida 365, 26 sutka mobaynida bir marta aylanib chiqadi. Oy esa Yer atrofida 29,5 sutkada bir marta aylanadi. Ularning harakati davomida qandaydir momentda Yer va Quyosh oralig'iga Oy tushib qolsa, Oy Quyoshdan keluvchi nurlarni to'sib qoladi. Shunda Quyosh tutilishi ro'y beradi (105-rasm). Yerdagi A sohaga tushadigan Quyosh nurlari Oy tomonidan to'la to'silib qolganligidan, u yerda qorong'ilik bo'ladi. Bu joyda Quyoshning to'la tutilishi kuzatiladi. Yerning B sohasida esa yarim soya bo'ladi. Bu joydagi kuzatuvchi uchun Quyoshning qisman tutilishi ro'y beradi. Yerda Quyoshning to'la tutilishi kuzatilgan joylarida to'la qorong'ilik bo'lganligidan, osmonda yulduzlar chaqnab ko'rinadi. Yerning bu sohasi isitilishdan to'xtaganligidan shamollar paydo bo'ladi. Noxush vaziyat vujudga kelib, itlar hurgan, hayvonlar ovoz chiqarishgan. Bu esa odamlarga ta'sir etib vahimaga tushish gan. Yer va Oy harakati davrida Oy va Quyosh oralig'iga Yer tushib qolsa, Oy tutilishi ro'y beradi (106-rasm). Oy o'zidan yorug'lik chiqarmaydi. U faqat Quyoshdan tushgan yorug'likni qaytaradi. Oyga tushayotgan Quyosh nurini Yer to'sib qolganda Yerning soyasi Oyga tushadi. Yerning atmosferasi bo'lmaganda edi, Oy tutilishi davrida u ko'rinmay qolar edi. Yer atmosferasi Quyosh nurlarini sochib yuborganligi tufayli Oyning tutilishi davrida qizg'ish disk shaklida ko'ramiz. Oy tutilishi sababi ma'lum bo'lmagan davrda, odamlarda qo'rqinch paydo bo'lgan. Uni tushuntirish uchun turli rivoyat va afsonalar to'qishgan. Hozirgi kunda Quyosh va Oy tutilishini qayerda, qachon va qanday ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
665.13 KB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
665.13 KB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan