6-sinf fizika darsligi asosida 15-mavzu: Laboratoriya ishi. Shayinli tarozi yordamida jism massasini o'lchash Kerakli asboblar. Shayinli tarozi toshlari bilan, stakan, suv, massasi o'lchanishi kerak bo'lgan kub, shar, silindr shaklidagi jismlar. Ishni bajarish. 1. Shayinli tarozining tuzilishi, turli massaga ega bo'lgan tarozi toshlari bilan tanishish (14-rasm). 2. Jism massasini o'lchashdan oldin tarozi muvozanatga keltiriladi. Lozim bo'lsa, pallalarga qog'oz parchalari qo'yiladi. 3. Massasi aniqlanadigan jismni tarozining chap pallasiga, toshlarini o'ng pallasiga qo'yiladi. 4. Tarozini buzib qo'ymaslik uchun toshni taxminan jism massasiga yaqinrog'ini tanlab qo'yiladi. Juda ko'p farq qiluvchi toshni qo'yganda tarozining og'ishi chegaradan chiqib ketishi mumkin. 5. Tarozi pallasiga ho'l, iflos, issiq jismlarni qo'yish mumkin emas. Unga suyuqlikni bevosita quyish, idishsiz sochilib ketuvchi narsalar (shakar, tuz)ni ham solish mumkin emas. 6. Tarozida faqat uning pasportida yozilgan yukdan ortiqcha yukni tortish mumkin emas. 7. Kichik massali toshchalarni faqat pinset (mo'ychinak) yordamida idishidan olib pallaga qo'yiladi. Chunki qo'l bilan ushlansa, qo'ldagi nam va yog' tosh chaga o'tib, uning massasiga ta'sir qilishi mumkin. 8. Pallaga qo'yilgan tosh yengil bo'lsa, unga chamalab yengilroq toshdan boshlab qo'shib borish kerak. 9. Tarozi muvozanatga kelib, strelkasi nolni ko'rsatsa yoki u pallalar qo'yilgan tomonlarning ko'rsatkich uchlari bir to'g'ri chiziqqa kelsa, palladagi toshlar massalarining yig'indisi hisoblanib yozib olinadi. 10. Tarozida suvsiz bo'sh stakan massasi mst. tortib olinadi (15- rasm). 11. Stakanni palladan olib, unga ma'lum miqdorda suv quyiladi. 12. Suvli stakanni tarozi pallasiga qo'yib, massasi mst.suv o'lchanadi. 13. msuv = mst.suv - mst formuladan stakandagi suv massasi hisoblanadi. Izoh. Agar o'lchanadigan jism massasi sizda mavjud bo'lgan eng kichik tosh (20 mg) ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1014.17 KB
Ko'rishlar soni
269 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1014.17 KB
Ko'rishlar soni
269 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan