6-sinf Fizika fanidan Temperatura, termometr, temperatura o'lchash dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Temperatura, termometr, temperatura o'lchash dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Temperatura, termometr, temperatura o'lchash dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 41-mavzu: Temperatura. Termometrlar. Jismning temperaturasini o'lchash Oldingi mavzularda xona isidi, jism sovidi kabi iboralarni ishlatdik. Ularda, biz o'z sezgilarimizga tayangan holda, shu xulosalarni bergan edik. Lekin bizning sezgilarimiz har doim ham to'g'ri xulosa chiqarishimizga imkoniyat beradimi? Buni tekshirish uchun stol ustiga uchta stakan qo'yaylik. Birida issiq, ikkinchisida iliq, uchinchisida sovuq suv bo'lsin. Dastlab, chap qo'limizdagi barmoqlardan birini sovuq suvga, o'ng qo'limizdagi barmoqlardan birini issiq suvga biroz muddat solib turaylik. So'ngra ikkala barmoqni iliq suvli stakanga solaylik. Shunda chap barmog'imizga suv issiq, o'ng qo'limizdagi barmog'imizga suv sovuq bo'lib tuyuladi. Faqatgina maxsus o'lchov asbobi ixtiro qilingandan so'nggina temperaturani haqqoniy aniqlash mumkin bo'ldi. Temperaturani o'lchaydigan asbobga termometr deyiladi. Uning ixtirochisi Galiley hisoblanadi. Sizning salomatligingizni shifokor tekshirganda tempe raturangizni o'lchagan termometrni ko'rgansiz. Albatta, hozirgi termometr Galiley ixtiro qilgan termometr (termoskop) dan farq qiladi. Termometrlarda moddalarning issiqlikdan kengayishi xossasidan foydalaniladi. Galiley termometrida havoning kengayishidan foydalanilgan edi (80-rasm). Keyinchalik fransiyalik olim Rey 1631-yilda suvli termometrni yasaydi. Hozirgi kunda ishlatiladigan termometrlarda asosan simob va spirt ishlatiladi. Ulardan biri rasmda keltirilgan (81-rasm). Isitilganda naychadagi modda kengayib, yuqoriga ko'tariladi, soviganda torayib, pastga tushadi. Bu termometrlarning ko'rsatishi graduslarda ifodalanadi. Shved olimi A. Selsiy (1701-1744) tempera turani o'lchashda hisob boshi bo'lgan 0 (nol) uchun eriyotgan muz temperaturasini oladi (82-a rasm). Normal atmosfera bosimida qay nayotgan toza suv temperaturasini 100 gradus deb qabul qilinadi (82-b rasm). Ular oralig'ini 100 bo'lakka bo'lib, bir bo'lagini 1°C deb qabul qilinadi. Xonadagi yoki idishdagi suyuqlik temperaturasini o'lchash uchun termometrni o'lchana yotgan muhitda biror muddat ushlab turish kerak. Shunda termometrdagi suyuqlik temperaturasi muhit ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 549.57 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 549.57 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga