Tovush kattaliklari 6-sinf fizika darsligi asosida 59-mavzu: Tovushlar yo'g'on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz bo'ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning uchun maxsus kattaliklar kiritilgan. Tovushning qattiqligi. 125-rasmdagi kamertonning sharcha tegmagan shoxchasiga sekingina rezina bolg'a bilan uraylik. Shunda kamerton tebranishi tufayli sharcha ma'lum uzoqlikka borib keladi. Bolg'a bilan qattiqroq uraylik. Sharcha oldingidan uzoqroqqa borib keladi. Kamertonning tebranishi davrida eng katta chetlashishiga tebranishlar amplitudasi deyiladi. Kamerton qanchalik katta amplituda bilan tebransa, undan chiqadigan tovushning qattiqligi shuncha katta bo'ladi. Tovush energiyaga ega. Agar tovush energiyasi ma'lum kattalikdan kichik bo'lsa, inson unday tovushlarni eshitmaydi. Bu quyi chegara 1 m2 yuzaga to'g'ri kelgan tovush quvvati 0,001 mkW deb belgilangan. Birlik yuzaga to'g'ri kelgan tovush quvvati 1 Wm2 ga borganda, inson qulog'ida og'riq sezadi va tebranishlarni tovush sifatida qabul qilmaydi. Tovushning qattiqligi 1858-yilda nemis fiziklari V. Veter va G. Fexner tomonidan tavsiya qilingan qonun asosida aniqlanadi. Inson sezadigan tovush qattiqligining quyi chegarasi Bell deb belgilangan. Bu birlik telefonni ixtiro qilgan G. Bell sharafiga qo'yilgan. Og'riq sezish bo'sag'asini 130 dB deb qabul qilingan (1 detsi bel = 1dB = 0,1 B). Shunga ko'ra sekin suhbatniki 40 dB, shovqinniki 80 dB, samolyotniki 110-120 dB ga teng. Tovushning balandligini mexanik va elektr qurilmalar yordamida kuchaytirish mumkin. Masalan, karnaydan chiqayotgan ovozni bir tomonga yo'naltirib, tarqalish yuzasi kichiklashtiriladi. «Rupor» (127-rasm) ham shunday tovushni yo'naltirib beradi. Qadimda tovushni kuchaytirib beruvchi apparatlar bo'lmaganida, «qulog'i og'ir» odamlar ruporni qulog'iga qo'yib eshitganlar. 2. Tovushning balandligi. Bu kattalik tovush chastotasi bilan belgilanadi. Ma'lumki, inson gapirganda yoki ashula aytganda bir xil ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
697.55 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
697.55 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan