6-sinf Fizika fanidan Tovush manbalari va uni qabul qilgichlar dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Tovush manbalari va uni qabul qilgichlar dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Tovush manbalari va uni qabul qilgichlar dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 57-mavzu: Tovush manbalari va uni qabul qilgichlar KIRISH SUHBATI Har kuni biz turli tovushlar ta'sirida bo'lamiz: gaplashayotgan odamlar, mashinalarning ovozi, televizor va radiopriyomnikdan taraluvchi musiqalar, suvning shildirab oqishi va h.k. Ulardan ayrimlari bizga yoqadi, ayrim tovushlar esa yoqmaydi. Shunga ko'ra, kayfiyatimiz yaxshi bo'lib, unumli ishlaymiz, o'qiymiz yoki aksincha bo'ladi. Tovush orqali insonlar bir-biri bilan muloqotda bo'ladi. Shu muloqot tufayli jamiyatda rivojlanish bo'ladi. Inson tovushlardan foydalanishni allaqachon o'rganib olgan. Tovushga tegishli qonuniyatlarni o'rganib, turli xil musiqa asboblarini yaratgan. Tovushni sun'iy ravishda hosil qiladigan elektr musiqa asboblarini o'ylab topgan. Buni siz to'ylarda, konsert zallarida bir necha o'n musiqachi o'rniga, bittagina «ionik» deb nom qo'yib olishgan elektr musiqa asbobidan foydalanib, xohlagan kuyni chiqarayotgan boshqaruvchi misolida ko'rgansiz. «Ultratovush» deb ataluvchi tovush turidan tibbiyotda ayrim kasalliklarni aniqlashda va davolashda foydalaniladi. Tovushning shu turidan ilmiy-tadqiqot ishlarida, tayyor mahsulotlarning sifatini aniqlashda, dengiz va okeanlarda masofalarni o'lchashda va hoka'zolarda foydalanilmoqda. Katta quvvatli tovushlar ba'zi kimyoviy jarayonlarni tezlashtirishda, mashina va mexanizmlarning mayda, nozik qismlarini tozalashda ham qo'llanilmoqda. Tovush qanday hosil qilinishini o'rganish uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik (123-rasm). Chizg'ichni olib, parta chetiga uchini uzun qilib chiqargan holda qo'yaylik. Qolgan qismi ni rasmda ko'rsatilganidek qo'l bilan bosib ushlaylik. Uzun uchidan pastga bosib qo'yib yuborsak, chizg'ich uchi tebrana boshlaganini ko'ramiz. Bunda tovush chiqadimi? Chizg'ich uchini parta ustiga surib tajribani takrorlaymiz. Bunda tovush eshitiladi. Chiz g'ichning tebranuvchi qismini kamaytirib borilsa, tovush aniqroq eshitila boshlaydi. Demak, tovush chiqaruvchi barcha man ba larda nimadir tebranar ekan. Haqiqatan ham, radiokarnayni 124-rasmda ko'rsatilganidek qo'yib, ustiga kichik yengil po'kak parchalarini yoki o'yinchoq to'pponchaning plastmassa ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 858.65 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 858.65 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga