6-sinf Fizika fanidan Tovushning qaytishi va aks sadosi dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Tovushning qaytishi va aks sadosi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Tovushning qaytishi va aks sadosi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 60-mavzu: Tovushning qaytishi. Aks sado Yorug'likning bir muhitdan ikkinchisiga o'tishida qisman qaytib, qisman ikkinchi muhitga o'tishini ko'rdik. Tovush ham bir muhitdan ikkinchi muhitga tushganda, tushish yuzasidan qaytadi. Bunga ichi bo'sh bochka yoki truba ichiga gapirib ko'rib ishonch hosil qilish mumkin. Ko'pchilik yangi qurilgan uy yoki hech kim yo'q sport zaliga kirib qolganda o'zaro gaplashgan so'zlarning baland eshitilganini sezgan. Televideniye va radioeshittirishlarni berk sport inshootlaridan olib borilganda ham ovozlar jaranglab eshitilganligiga e'tibor bergan bo'lsangiz kerak. Bularga sabab tovushning tekis devorlardan qaytishidir. Agar devorning uzoqligi 20 m dan ko'proq bo'lsa, qaytgan tovush manbadan chiqqan tovushga nisbatan biroz kechikib 128-rasm. eshitiladi. Bu qaytgan tovushni aks sado deyiladi. Agar parallel joylashgan devorlar yoki tor tog' darasi oralig'ida ovoz chiqarilsa, aks sado ko'p marta qaytariladi. Aks sado faqat qattiq jismlardan qaytgandagina hosil bo'lmaydi. Masalan, chaqmoq chaqnaganda bitta yashin hosil bo'lganini ko'rsak ham, momaqaldiroq ovozi bir necha marta takrorlanganligini kuzatganmiz. Bunda birinchi eshitilgani baland, keyingilari esa pastlashib boradi. Bunga sabab, momaqaldiroq ovozi tog'lar, o'rmonlar, binolar va bulutlardan ko'p marta qaytib bizga eshitilishidir. Tovushning qaytishidan turmush va texnikada ko'p foydalaniladi. Masalan: dengiz va okeanlarda chuqurlikni o'lchash hamda suv osti kemalarini aniqlash uchun ultratovushlardan foydalaniladi (128-rasm). Buning uchun dengiz tubiga ultratovush yuboriladi va urilib qaytgan tovush qabul qilinadi. Tovushning borishi va qaytishi uchun ketgan vaqt t o'lchanib, dengiz chuqurligi h aniqlanadi. Bunda tovush 2h masofani o'tganligi uchun 2h = vt·t bo'ladi. Bundan aniqlanadi. vt - tovushning suvda tarqalish tezligi. Bunday asbob exolot deb ataladi. Tovushning qaytishidan metall quymalar orasida havo bo'shliqlari yoki chet moddalar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 824.39 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 824.39 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga