6-sinf Fizika fanidan Turli muhitlarda diffuziya hodisasi dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Turli muhitlarda diffuziya hodisasi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Turli muhitlarda diffuziya hodisasi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 11-mavzu: Turli muhitlarda diffuziya hodisasi Oldingi mavzuda gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda molekulalar to'xtovsiz va tartibsiz harakatlanishini bilib oldik. Uni tasdiqlaydigan hodisalardan biri diffuziya (lotincha diffuziya - tarqalish, sochilish) hodisasidir. Diffuziya deb o'zaro tutashgan bir modda molekulalarining ikkinchi moddaga, ikkin chi modda molekulalarining birinchi moddaga o'zaro o'tishiga aytiladi. Diffuziya hodisasiga misol tariqasida xonada to'kilgan atir hidining tarqalishi, suyuqlikka solingan shakar yoki tuzning erishini keltirish mumkin. Xonada atirning to'kilgan vaqtini belgilab, undan bir necha metr masofada o'tiraylik. Uning hidini darhol emas, balki ma'lum vaqt o'tgandan so'ng sezamiz. Nima sababdan shunday bo'ladi? Chunki atir bug' langanda moleku lalarga ajralib, havo molekulalari orasiga kirishadi. Molekulaning tezligi katta bo'lsa-da (sekundiga bir necha yuz metr), u o'z yo'lida juda ko'p marta havo molekulalari bilan to'qnashib, o'z yo'nalishini o'zgartiradi. Suyuqliklarda diffuziya hodisasini kuzatish uchun quyidagi tajribani bajaraylik. Stakan olib, unga bir choy qoshiqda shakar solaylik. So'ngra juda sekin, shakar bilan aralashib ketmaydigan holda suv quyaylik. Birozdan so'ng stakan tagidagi suvning xiralash ganligini ko'ramiz. Bu shakar qiyomi. Stakanni chayqatib yubormasdan ustidan bir ho'plam ichib ko'ring. 15-20 minutdan so'ng yana ichib ko'ring. Suv mazasi qanday o'zgargan? Endi tajribani suv va margansovka (kaliy permanganat) bilan o'tkazaylik. Bunda diffuziyaning borishini stakandagi suv rangining pastidan boshlab o'zgara boshlaganligi orqali kuzatamiz (7-rasm). Qattiq jismlarda ham diffuziya hodisasi kuzatiladi. Shunday tajriba o'tkazishgan. Juda yaxshi silliqlangan qo'rg'oshin va oltindan yasalgan ikkita plastinani olib, bir-birining ustiga qo'yishgan. Ular ustidan yuk bostirib, xona tem peraturasida 4-5 yil qoldirishgan. Shundan so'ng ularni olib qaralsa, plastinalar bir-biriga taxminan 1 mm kirishib ketganligi kuzatilgan. Misr ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga