6-sinf Fizika fanidan Turmushda elektr toki, oddiy elektr zanjir dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Turmushda elektr toki, oddiy elektr zanjir dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Turmushda elektr toki, oddiy elektr zanjir dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Turmushda elektr tokining ahamiyati. Oddiy elektr zanjiri 6-sinf fizika darsligi asosida 45-mavzu: Turmushimizni elektr tokisiz tasavvur qilishimiz juda qiyin. U bizga hamma joyda hayotimizni yengillashtirishda yordam beradi. Ertalab turib elektr chiroqni yoqamiz, elektr choynakda choy qaynatamiz. Mikroto'lqinli elektr pechda nonushtani isitamiz. Nonushtadan so'ng lift orqali pastga tushamiz. Metroda o'qishga yoki ishga boramiz. Yo'lyo'lakay uyali telefonda gaplashamiz. Maktabga o'qishga kelsak, darsga qo'ng'iroq chali nadi. Yorug' xonalarda elektrga oid darslarni o'qiymiz. E'tibor qilinsa, bularning barchasida elektr yordamchi bo'lib xizmat qiladi. Turmushda biz foydalanadigan ko'pgina narsalar kabi ularning ijobiy tomonlari bilan birga, ehtiyot bo'linmasa, zararli tomonlari ham bor. Chunki simlardan o'tayotgan elektr toki ko'zga ko'rinmaydi, hidi yo'q, rangsizdir. Tok borligini o'lchov asboblari yordamida aniqlash mumkin. Tokdan zararlanishni ilk bor 1862-yilda qayd etishgan. Bunda inson tok o'tuvchi simning ochiq joyiga tegib halok bo'lgan. Shu sababli undan foydalanish uchun asboblarni tok manbalariga to'g'ri ulashni o'rganib olishimiz kerak. O'rganishni sodda elektr zanjiri tuzishdan boshlaylik. Buning uchun tok manbai, elektr lampochkasi va uzib-ulagich olinadi. So'ngra daftarga ularni bir-biriga ulash chizmasi chiziladi. Chizmada tok manbai, lampochka, uzib-ulagich va boshqa asboblar shartli belgilar bilan belgilanadi (95-rasm). Bu chizmaga elektr zanjiri deyiladi (96-rasm). 96-a rasmda tok manbai, elektr lampochkasi va uzib-ulagichdan iborat elektr chizma keltirilgan. 96-b rasmda ularning natural ko'rinishi keltirilgan. Eslatib o'tamiz, barcha elektr ulanishlar uzibo'lagichning ochiq holatida bajariladi. Uzib-ulagich berk holatga o'tkazilganda zanjirdan tok o'tib lampochka yonadi. Shunday qilib zanjirda elektr toki mavjud bo'lishi uchun ikkita shart bajarilishi kerak: Tok manbai bo'lishi kerak; Zanjir berk bo'lishi kerak. Zanjirdan o'tayotgan tok kuchini maxsus asbob ampermetr yordamida o'lchanadi. Uning tashqi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga