6-sinf Fizika fanidan Yassi ko'zgu dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Yassi ko'zgu dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Yassi ko'zgu dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 52-mavzu: YASSI KO'ZGU Ko'zguga qaramagan odam bo'lmasa kerak. Unga qarab nimani ko'ramiz? Ko'zguda biz o'z aksimizni va atrofimizdagi buyumlarni ko'ramiz. Ko'zgudagi tasvir o'lchamlari, buyumlar o'lchami bilan bir xil bo'ladi. Ko'zguga yaqinlashsak, tasvir ham yaqinlashadi, uzoqlashsak tasvir ham uzoqlashadi. Demak, tasvir ko'zguning yuzida emas, balki ichkarisida hosil bo'ladi. Buning sababi nimada? Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastinaga ko'zgu deyiladi. Narsa, buyumlardan qaytgan yorug'lik ko'zguga tushadi va uning kumushlangan qatlamidan qaytadi. Yorug'likning qaytish qonunidan foydalanib, yassi ko'zguda tasvir hosil qilishni ko'raylik (110-rasm). Tasvir hosil qilish uchun buyumdan ikkita nurni ko'zguga yo'naltiriladi. Bu nurlar ko'zgu yuzasidan qaytish qonuniga rioya qilib qaytadi. Qaytgan nurlarni teskari tomonga davom ettirilsa, buyum tasviri ko'zgu orqasida hosil bo'ladi. Agar tasvirdan ko'zgugacha va ko'zgudan buyumgacha bo'lgan masofalar o'lchansa, ular teng bo'lib chiqadi. Ko'zgudagi aksimizga qarab, unga o'ng qo'limizni uzatsak, aksimiz chap qo'lini uzatadi. Demak, yassi ko'zguda chap tomon bilan o'ng tomonning o'rni almashinib ko'rinadi. Ko'zgudagi buyum o'zidan nur chiqarmaydi. Shu sababli tasvirni mavhum tasvir deyiladi. Shunday qilib, buyumning yassi ko'zgudagi tasviri mavhum, to'g'ri, o'lchamlari buyum o'lchamlariga teng, buyum ko'zgudan qancha masofada bo'lsa, ko'zgu orqasida shunday masofada va chap tomoni o'ng tomoni bilan almashinib ko'rinadi. Sferik ko'zgular*. Sharning bir bo'lagi ko'rinishida bo'lgan ko'zgular sferik ko'zgular deyiladi. Ular ikki turda bo'ladi: botiq va qavariq. Botiq ko'zguda nur sferaning ichki qismidan, qavariq ko'zguda sferaning tashqi qismidan qaytadi. Botiq ko'zguga Quyosh nurlari yuborilsa, ular bitta nuqtada to'planadi (11-a rasm). Bu nuqta botiq ko'zguning bosh optik o'qida joylashib, uning fokusi deyiladi. Ko'zgu markazi D nuqtadan F nuqtagacha bo'lgan masofa ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.16 MB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.16 MB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga