6-sinf Fizika fanidan Yorug'lik hodisalari haqida Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino fikrlari dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Yorug'lik hodisalari haqida Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino fikrlari dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Yorug'lik hodisalari haqida Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino fikrlari dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 51-mavzu: Yorug'lik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sinoning fikrlari Yorug'lik hodisalari allomalarimizdan Beruniy va Ibn Sinoning ham e'tiborini jalb qilgan. Oldingi mavzularda Yerdagi energiyaning (issiqlikning) asosiy manbai Quyosh deb ko'rsatilgan edi. Bu haqda Beruniy o'zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida quyidagicha bayon qiladi: «Quyosh nuridagi mavjud haroratning sababi haqida ba'zilar bunga sabab nur desalar, ba'zilar esa nur aksi - burchaklarining o'tkirligi sabab deganlar. Unday emas, balki nurning o'zida harorat mavjud - deydilar». Beruniyning bu fikri Quyoshdan Yerga issiqlik nurlanish tufayli kelishini isbotlaydi. Yorug'lik tezligi haqida quyidagicha yozadi: «Ba'zilar u zamonsizdir, chunki jism emas - desa, ba'zilar esa uning zamoni tez, lekin undan ham tezroq biror narsa yo'q va nur tezligini sezib bo'lmaydi». Bu fikrlari bilan tabiatdagi biror jism yoki zarraning tezligi yorug'lik tezligiga teng yoki undan katta bo'la olmasligini ta'kidlagan. Beruniy Oy va Quyosh tutilishining sabablarini quyidagicha izohlaydi: «Oyning tutilishiga sabab uning Yer soyasiga kirishidir. Quyosh tutilishi Oy bilan Quyoshning bizdan tutilishi (ya'ni Quyosh bilan Yerning orasiga Oyning kirib qolishi) tufaylidir. Shuning uchun Oyning qorayishi g'arb tomondan va Quyoshning tutilishi esa sharq tomondan boshlanmaydi. Quyosh tutilishi oldidan Oy g'arb tomondan kelib bir parcha bulut berkitgandek uni (Quyoshni) to'sadi. Turli joy (shahar)larda berkitiladigan sathi turlicha bo'ladi. Ammo Quyoshning berkituvchisi (Oy) katta emasdir. Oyni berkituvchisi (Yer) kattadir». Beruniyning bu fikrlari qanchalik to'g'ri ekanligi haqida o'ylab ko'ring. Yorug'lik sinishi haqida Beruniy va Ibn Sinoning bir-biriga yo'llagan savol va javoblarida quyidagilar bor. Beruniy shunday deb so'raydi: «Oq, yumaloq, tiniq bir shishani tiniq suv bilan to'ldirilsa, kuydirishda bamisoli yumaloq tosh ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.28 MB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.28 MB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga