6-sinf fizika darsligi asosida 47-mavzu: Yorug'likning tabiiy va sun'iy manbalari KIRISH SUHBATI Oldingi mavzularda aytganimizdek, Quyosh Yerdagi energiyaning asosiy manbai bo'lishi bilan birga, undagi organik hayotning sababchisi hamdir. O'simliklar va daraxtlarning o'sishi uchun albatta yorug'lik kerak. Yorug'lik deganda nimani tushunamiz? Ko'rish qanday ro'y beradi? Yorug'lik nima sababdan qalin oynadan o'ta oladi-yu, lekin yupqa karton qog'ozdan o'tmaydi? Qanday tezlik bilan tarqaladi? Bu kabi savollarga insoniyat qadim zamonlardan javob topishga harakat qilgan. Lekin yorug'lik o'z sirlarini, boshqa hodisalarga nisbatan uzoqroq saqlab keldi. Bizning ko'rish orqali atrof olam haqida olgan bilimlarimiz boshqa sezgilarimiz tufayli olgan bilimlardan ancha ko'p. Qadimgi greklar inson ko'zidan qandaydir nurlar chiqadi va ular narsa, buyumlarga tushib uni ko'radi, deb o'ylaganlar. U holda ko'zning ko'rishi kechasi va kunduzi bir xil bo'lishi kerak emasmi? Siz nima deb o'ylaysiz? Keyinchalik ingliz olimi I. Nyuton yorug'likni juda mayda zarralar oqimi deb qarashni taklif qildi. Bu oqimni yorug'lik nuri deb ataladi. Yorug'lik nuri biror manbadan, masalan, Quyoshdan chiqib narsa va buyumlarga tushadi. Ulardan qaytib ko'zimizga tushsa, ularni ko'ramiz deb tushuntiradi. Bunday tushuntirish yorug'lik bilan bog'liq ko'pgina hodisalarni tushuntirsada, ayrimlarini tushuntira olmaydi. Masalan: Qu yoshdan tananing qorayishi, gazmollarning yorug'lik ta'sirida rangi o'chib ketishi, o'simliklar bargining yashil bo'lishi va h.k. Shunday hodisalarni o'rganish jarayonida olimlar yorug'lik tabiati haqidagi boshqa nazariyalarni yaratdilar. Ular bilan Siz navbatdagi sinflarda tanishasiz. O'zlaridan yorug'lik chiqaradigan jismlar yorug'lik manbalari deb ataladi. Masalan, Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkasi, yonib turgan sham, gulxan alangasi va h.k. Ayrim jismlar o'zlaridan yorug'lik chiqarmasa-da, boshqa manbadan chiqib, o'ziga tushgan yorug'likni qaytaradi. Masalan, Oy, ko'zgular. Ayrim hasharotlar, baliqlar ham ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
827.79 KB
Ko'rishlar soni
236 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
827.79 KB
Ko'rishlar soni
236 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan