6-sinf Fizika fanidan Yorug'lik tezligi, qaytishi va sinishi dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Yorug'lik tezligi, qaytishi va sinishi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Yorug'lik tezligi, qaytishi va sinishi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 50-mavzu: Yorug'likning tezligi. Yorug'likning qaytishi va sinishi Aristotel, yorug'lik nuri bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga bir zumda boradi, deb hisoblagan edi. Yorug'lik tezligini tajribada aniqlashga Galiley uringan. Bir-biridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashtirilgan ikkita odamning biriga fonus berilgan. Fonusni bir minutga berkitib ochgan odam vaqtni belgilagan. Ikkinchi kuzatuvchi ko'rgan vaqtini belgilagan. Lekin tajriba muvaffaqiyatsiz tugallangan. Yorug'lik tezligini birinchi bor 1676-yilda daniyalik astronom Olaf Ryomer o'lchashga muvaffaq bo'ldi. Shundan so'ng boshqa olimlar ham yorug'lik tezligini turlicha usulda o'lchadilar. Yorug'lik tezligi juda katta bo'lib, vakuumda v = 300 00 kms ga teng. Tabiatdagi boshqa hech qanday jism yoki zarra bunday tezlikka erisha olmaydi. Yorug'lik bir muhitdan ikkinchisiga o'tganda tezligi o'zgaradi. Masalan, suvda uning tezligi 225 00 kms bo'lsa, shishada 200 00 kms ga teng. Shunday katta tezlik bilan harakatlangan Quyosh nuri Yerga taxminan 8,3 minutda yetib keladi. Yorug'likning qaytishi. Siz ba'zi filmda qafas ichiga qo'yilgan ko'zgu oldiga borib qolgan maymun yoki boshqa hayvonlarning qanday ahvolga tushib qolganligini bir eslab ko'ring. Ular ko'zgu ichiga kirib sirli qiyofadoshini ushlamoqchi bo'ladilar. Suv ichgani kelgan yovvoyi odamlar ham suvda o'z akslarini ko'rib hayratga tushadilar. Bu hodisalarning sababi yorug'likning turli jismlar - ko'zgu, suv yuzasi, deraza oynasi, silliqlangan metall yuzalari va boshqa buyumlardan qaytishidir. Yorug'lik havodan suvga tushganda uning bir qismi qaytadi, bir qismi suv ichiga o'tadi. Yorug'likning qaytishini o'rganish uchun quyidagi qurilmadan foydalaniladi (107-rasm). Optik disk o'rtasiga yassi ko'zgu qo'yib, unga «nurli ko'rsatkich» (lazer) nurini yuboraylik. Shunda ko'zgudan nur qaytganini ko'ramiz. Nurning tushish burchagini o'zgartirib ko'rsak, qaytish burchagi ham unga mos ravishda o'zgarar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga