6-sinf Fizika fanidan Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishi, soya va yarim soya dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishi, soya va yarim soya dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishi, soya va yarim soya dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishi. Soya va yarim soya 6-sinf fizika darsligi asosida 48-mavzu: Yorug'likning tarqalishini o'rganish uchun quyidagi tajribani ko'raylik. Yorug'lik manbai (M) va ekran (E) oralig'iga birorta to'siq (T) qo'yaylik (103-a rasm). Shunda ekranda to'siq hosil qilgan soyani ko'ramiz. Agar manba (M) bilan ekran oralig'iga tirqishi bor to'siqni (TT) qo'ysak, ekranda tirqish shakliga mos yorug' dog'ni ko'ramiz (103-b rasm). Soya chetlaridan to'siqqa tomon chiziqlar tushirsak, ular manbada uchrashadi. Shunday hol yorug' dog' va tirqish orqali to'g'ri chiziq o'tkazilsa ham kuzatiladi. Bundan yorug'lik to'g'ri chiziq bo'ylab tarqaladi, degan xulosaga kelamiz. Shunga ko'ra yorug'likni nur deb ham ataladi. Matematikada ba'zan to'g'ri chiziqni chizishda «nur o'tkazaylik» degan iborani ham ishlatishadi. 104-rasmda buyum orqasida hosil bo'lgan soyani qaraylik. Soyaning o'rta qismi to'la qorong'i, chet qismi esa nimqorong'i. Shunga ko'ra to'la qorong'i qismini soya, nimqorong'i qismini yarim soya deb ataladi. 104-a rasmda buyum ga yorug'lik ikkita manba (S1 va S2 )dan tushgan hol ko'rsatilgan. Buyum orqasida hosil bo'lgan soya qismiga birorta manbadan yorug'lik tushmaydi. Yarim soya qismiga manbaning bittasidan yorug'lik tushadi. Yarim soyadan tashqariga har ikkala manbadan yorug'lik tushadi. Agar shamlardan birini o'chirsak, buyum orqasida faqat soya hosil bo'ladi. 104-b rasmdagi manzarani tushuntirishga harakat qiling! Unda shar o'lchami yorug'lik manbai elektr lampochkasidan ancha kichik. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 916.2 KB
Ko'rishlar soni 290 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 916.2 KB
Ko'rishlar soni 290 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga