6-sinf fizika darsligi asosida 16-mavzu: Zichlik va uning birliklari. Beruniy va Hozinning zichlikni aniqlash usullari Menzurkaga ma'lum miqdorda iliq suv quyaylik. Hajmini belgilab, unga choy qoshiqda shakar solib eritaylik. Bunda suvning hajmi o'zgarmaganligini ko'ramiz. Shakar qayoqqa ketdi? Shakarni tashkil etgan zarralar suv zarralari oralig'iga tarqalib ketdi. Demak, moddani tashkil etgan zarralar bir-biridan ma'lum masofada joylashar ekan. Ayrim moddalarda zarralar yaqin joylashsa, ayrimlarida esa uzoqroqda bo'ladi. Bundan tashqari turli moddalar zarralarining massasi turlicha bo'ladi. Moddaning bu xususiyati zichlik deb ataluvchi fizik kattalik orqali ifodalanadi. Zichlik deb, moddaning birlik hajmiga to'g'ri kelgan massasiga aytiladi. Zichlik p (ro) harfi bilan belgilanadi. Demak, biror moddaning yoki jismning zichligini aniqlash uchun uning hajmi va massasini o'lchab topilar ekan. Har qanday shakldagi jismlarning massasini tarozida o'lchash mumkin. Lekin hajmini har doim ham chizg'ich bilan aniqlab bo'lmaydi. Masalan: uzuk, zirak. Suvda erimaydigan jismlarning hajmi quyidagicha aniqlanadi (17-rasm). Menzurkaga suv quyilib, uning hajmi V1 belgilab olinadi. So'ngra unga uzukni tushirib, suvning keyingi sathi V2 yozib olinadi. Bundan uzukning hajmi V = V2 -V1. Demak, uzukning hajmi 2,8 sm3-2 sm3 = 0,8 sm3 ga teng. Amaliy topshiriq Yuqoridagi usul bilan tugma, choy qoshiqchasi va shunga o'xshash narsalar zichligini aniqlang. Zichlikni aniqlash yo'li bilan tilla taqin choqlarning haqiqiyligini tekshirish mumkinligini yodingizda tuting! * Suyuqliklar hajmi litrda berilsa, 1 litr = 1 dm3 = 0,001 m3 orqali hisoblanadi. Vatandoshlarimiz Beruniy va Abdurahmon Hozin turli moddalarning zichliklarini juda aniq o'lchaganlar. Beruniy turli shakldagi moddalarning hajmini o'lchash uchun maxsus asbob yasagan (18-rasm). Bunda hajmi o'lchanishi kerak bo'lgan jism idishdagi suvga (1) botirilgan. Shunda ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
204 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
204 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan