7-sinf fizika darsligi asosida 26-mavzu: BUTUN OLAM TORTISHISH QONUNI Oy va boshqa sayyoralar aylana bo'ylab deyarli doimiy tezlikda harakat qiladi. Har qanday jism aylanma harakat qilishi uchun unga doimiy kuch ta'sir etib turishi kerak. Agar sayyoralarga bunday kuch ta'sir etmasa, ular to'g'ri chiziqli tekis harakat qilishgan bo'lar edi. Endi dinamika qonunlarini qo'llab, Oyning Yer atrofida aylanishini ko'rib chiqaylik. Oy faqat doimiy kuch ta'siridagina aylanma harakat qiladi. Bu kuch Yer tortish kuchi bo'lib, u Nyutonning II qonuniga asosan: |F| = m|a| formula bilan aniqlanadi, ya'ni Oy massasi m qancha katta bo'lsa, tortishish kuchi ham shuncha katta bo'ladi: |F| ~ m. Nyutonning II qonunidagi aks ta'sirga ko'ra, Oy ham Yerni shunday kuch bilan tortadi: |F| = M|a|, ya'ni Yer massasi M qancha katta bo'lsa, tortishish kuchi ham shuncha katta bo'ladi: |F| ~ M Agar tortishish kuchi F ham jism massasi m ga, ham Yer massasi M ga proporsional bo'lsa, demak, bu kuch ularning ko'paytmasiga ham proporsionaldir: Shu bilan birga, Yer markazidan Yer yuzigacha bo'lgan masofa Yer markazidan Oygacha bo'lgan masofadan 60 marta kichik. Jismning Yer ustidagi markazga intilma kuchi esa Oyning orbita bo'yicha harakatidagi markazga intilma kuchidan 3600 marta katta, ya'ni: bunda G - proporsionallik koeffitsiyenti. Nyuton tortishish kuchining bunday tabiati faqat Yer bilan Oy orasidagi tortishishgagina emas, balki Quyosh bilan Yer (88-rasm), boshqa sayyoralar bilan Quyosh, atrofimizdagi jismlar bilan Yer orasidagi tortishishga ham tegishli ekanligini kashf etdi. Uning xulosasiga asosan, olamdagi jismlarning o'zaro tortishish kuchi quyidagicha aniqlanadi: bunda m1, m2 - ta'sirlashishayotgan jismlar massalari, r - ular orasidagi masofa (massalar markazidan ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.3 MB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.3 MB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan