7-sinf fizika darsligi asosida 22-mavzu: Harakat qonunlarining aylanma harakatga tatbiqi Markazga intilma kuch Aylana bo'ylab bir xil tezlikda harakat qilayotgan jismning chiziqli tezligi turli vaqtda turli yo'nalishga ega bo'lganligi sababli jism tezlanishga ega bo'ladi. Bunday tezlanishni markazga intilma tezlanish (ai) deb atagan edik. m massali sharcha R uzunlikdagi ipga bog'langan holda υ chiziqli tezlik bilan aylantirilayotgan bo'lsin (76-rasm), bunda sharcha olgan ai markazga intilma tezlanishi quyidagicha ifodalanishini bilamiz: Jism harakatidagi har qanday tezlanishni faqat kuch yuzaga keltiradi. Aylanma harakatda tezlanish qanday kuch ta'sirida sodir bo'ladi? Aylanma harakatda tezlanish jismning aylanish markaziga yo'nalganligini bilamiz. Aylanma harakatda jismga ta'sir etayotgan kuch ham tezlanish yo'nalishida, ya'ni aylanish markaziga intilgan bo'ladi. Demak, jism aylanma harakat qilishi uchun unga doimo aylana markaziga yo'nalgan kuch ta'sir etib turishi kerak ekan. Agar bu kuch bo'lmasa, jism yana to'g'ri chiziqli tekis harakatini davom ettiradi. Jismni aylanma harakat qildiruvchi kuch markazga intilma kuch deb ataladi va uni Fi bilan belgilaymiz. Nyutonning ikkinchi qonuniga binoan Fi = mai ekanligidan: Jismga ta'sir etayotgan markazga intilma kuch jismning massasiga va chiziqli tezligi kvadratiga to'g'ri proporsional, aylanish radiusiga esa teskari proporsionaldir. Ipga bog'langan sharchani aylantirganimizda biz unga iр orqali ta'sir etamiz (76-rasm). Ip sharchani Fi kuch bilan markazga tortib turadi. Sharchaning chiziqli tezligi υ aylanaga urinma, ya'ni markazga intilma kuchga perpendikulyar ravishda yo'nalgan bo'ladi. Markazdan qochma kuch Nyutonning uchinchi qonuni aylanma harakat uchun ham o'rinlidir. Aylanma harakat qilayotgan sharchaga ta'sir etayotgan markazga intilma kuchga miqdor jihatdan teng va unga qarama-qarshi yo'nalgan kuch mavjud. Bu kuch markazdan qochma kuch deb ataladi. Markazdan qochma kuch ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
236 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
236 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan