7-sinf Fizika fanidan Ishqalanish kuchi, tinchlikdagi ishqalanish dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Ishqalanish kuchi, tinchlikdagi ishqalanish dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Ishqalanish kuchi, tinchlikdagi ishqalanish dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 32-mavzu: Ishqalanish kuchi. Tinchlikdagi ishqalanish Ishqalanish kuchi Tez ketayotgan avtomobilni to'xtatish uchun tormoz bosiladi. Tepadan sirpanib tushgan chana yo'lning gorizontal qismida biroz sirpanib borib to'xtaydi. Bu hodisalarda tezlik o'zgarishi, ya'ni kamayishi namoyon bo'lmoqda. Ma'lumki, har qanday tezlik o'zgarishining sababchisi kuchdir. Endi mexanikada o'rganiladigan yana bir kuch - ishqalanish kuchi haqida gaplashamiz. Yerda turgan yukni sudrash uchun unga harakat yo'nalishida F kuch bilan ta'sir etish kerak (103-rasm). Bunda yukning harakatlanishiga qarshilik qiluvchi va harakat yo'nalishiga qarama-qarshi yo'nalgan Fi kuch paydo bo'ladi. Jismning boshqa jism yuzasi bo'ylab harakatlanishida paydo bo'ladigan va harakatga qarshi yo'nalgan kuch ishqalanish kuchi deb ataladi. Ishqalanish hech qanday harakatni yuzaga keltirmaydi. Lekin nima uchun u kuch deb ataladi, degan savol tug'iladi. Bunga sabab, ishqalanish kuchi harakatni sekinlashtiradi. Demak, kuch faqat harakatni yuzaga keltirmasdan, uni sekinlashtirishi ham mumkin ekan. Stol ustida taxlanib turgan kitoblarni surish uchun kuch bilan ta'sir etib, ishqalanish kuchini yengishimiz kerak. Avtomobilga tormoz berilsa, u tezda to'xtaydi. Tasmali uzatma ham ishqalanish tufayli shkivlarni aylantiradi (104-rasm). Ishqalanish kuchi hosil bo'lishining birinchi sababi bir-biriga tegib turadigan jismlar sirtining notekisligidir. Hatto juda silliq ko'rinadigan jismlarning sirtlarida ham g'adir-budurliklar va o'yilgan joylar bo'ladi. Silliq jismlar sirti lupa orqali qaralsa, ularning g'adir-budurligi turlicha ekanligi ko'rinadi (105-rasm). Bir jism ikkinchi jismning sirtida sirpanganda yoki dumalaganda, bu g'adir-budurliklar bir-biriga ishqalanib, harakatlanishga to'sqinlik qiluvchi kuchni vujudga keltiradi. Ishqalanish kuchi hosil bo'lishining ikkinchi sababi - birbiriga tegib turadigan jismlar yuzasidagi molekulalarning o'zaro ta'sirlashish kuchidir. Agar jismlarning sirtlari yaxshi silliqlangan bo'lsa, jismlar bir-biriga tekkanda ular sirtidagi molekulalar bir-biriga juda yaqin bo'ladi. Bunda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 810.41 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 810.41 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga