7-sinf Fizika fanidan Jism massasi dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Jism massasi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Jism massasi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 20-mavzu: Jism massasi Jismlarning inertligi Tajriba. Biriga elastik plastinka mahkamlangan ikkita bir xil aravachani 66-rasmda ko'rsatilganidek stol ustiga qo'yaylik. Bukilgan plastinkani tortib turgan iрni uzib yuborsak, elastik plastinka ikkala aravachaga bir xil ta'sir etib, ularni ikki tomonga turtib yuboradi. Bunda ikkala aravacha bir xil tezlanish oladi, ya'ni: Endi ikkinchi aravacha ustiga yuk qo'yib, yuqoridagi tajribani takrorlaylik (67-rasm). Lekin bu holda birinchi aravacha ikkinchi aravachaga qaraganda uzoqroqqa borib to'xtaydi, ya'ni birinchi aravacha olgan tezlanish ikkinchisiga nisbatan katta bo'ladi: 67-rasmdagi ikkinchi aravachaning ustiga qo'yilgan yuk miqdori qancha ortib borsa, uning olgan tezlanishi shuncha kichik bo'lib boradi. Ya'ni yuk qancha katta bo'lsa, uning tinchlik holatini o'zgartirish shuncha qiyin kechadi. Yuk katta bo'lganda, jismning tinch yoki harakatdagi holatini saqlashga urinish qobiliyati katta bo'ladi. Jismga boshqa jism ta'sir etmaganda uning tinch yoki to'g'ri chiziqli tekis harakat holatini saqlash xossasiga inertlik deyiladi. Jismga kuch ta'sir qilganda, shu jism inertligining katta yoki kichikligi namoyon bo'ladi. Haqiqatan ham, gantelni shtangaga nisbatan ko'tarish, ya'ni harakatga keltirish oson. Chunki gantelning inertligi shtanganikiga nisbatan kichik. O'yinchoq mashinani qo'limiz bilan turtib yuborsak, u harakatlanadi. Lekin haqiqiy mashinani turtib yurgizish uchun ancha katta kuch kerak bo'ladi. Chunki haqiqiy mashinaning inertligi katta. Poyezdning inertligi har qanday mashina inertligidan katta. Shuning uchun poyezdni joyidan qo'zg'atib, tezligini oshirish va aksincha, u harakatda bo'lsa, to'xtatish qiyin. Katta tezlikda ketayotgan poyezdning to'xtashi uchun katta kuch va vaqt kerak bo'ladi. Jismning inertligi qancha katta bo'lsa, uning tinch yoki to'g'ri chiziqli tekis harakat holatini o'zgartirish shuncha qiyin kechadi. Massa Barcha jismlar inertlik xossasiga egadir. Tajribalardan ko'rinadiki, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 668.93 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 668.93 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga