7-sinf fizika darsligi asosida 28-mavzu: Jismning og'irligi Fizikada og'irlik kuchidan tashqari og'irlik degan tushuncha ham mavjud. Jism og'irligi mohiyatini tushunib olish uchun quyidagi tajribalarni o'tkazaylik. 1-tajriba. Osmaga mahkamlangan prujinaga m massali jism osaylik. Jismga pastga yo'nalgan Fog' = mg og'irlik kuchi ta'sir qiladi. Shu kuch ta'sirida prujina cho'ziladi, ya'ni deformatsiyalanadi. Buning natijasida Fel elastiklik kuchi vujudga keladi (90-rasm). Fog' og'irlik kuchi ta'sirida prujina cho'zila boshlagan sari, prujinaning avvalgi holatini saqlashga intiluvchi yuqoriga yo'nalgan Fel elastiklik kuchi orta boradi. Ma'lum uzunlikka cho'zilganidan keyin Fel elastiklik kuchi miqdor jihatdan Fog' og'irlik kuchiga tenglashib qoladi, ya'ni bu kuchlar muvozanatlashadi va prujinaga osilgan jism tinch holatga keladi. Jismning tinch holatida osmaga Fog' og'irlik kuchiga teng bo'lgan kuch ta'sir etadi. Bu kuch prujinaga osilgan jismning og'irligidir. 2-tajriba. Prujina ustiga o'rnatilgan tayanchga muayyan m massali jismni qo'yamiz. Shu zahoti prujina siqila boshlaydi, ya'ni deformatsiyalanadi. Natijada, Fel elastiklik kuchi namoyon bo'la boshlaydi. Elastiklik kuchi ortib, jismning og'irlik kuchiga miqdor jihatdan tenglashganda prujinaning siqilishi to'xtaydi va jism tinch holatga o'tadi. Jismning tinch holatida tayanchga Fog' og'irlik kuchiga teng bo'lgan kuch ta'sir etadi (91-rasm). Bu kuch prujina ustidagi tayanchga qo'yilgan jismning og'irligidir. Yerga tortilishi tufayli jismning tayanchga yoki osmaga ta'sir etadigan kuchi jismning og'irligi deb ataladi va P harfi bilan belgilanadi. Yuqoridagi tajribalarda jism muvozanat holatga kelganda jismning P og'irligi Fog' og'irlik kuchiga teng bo'ladi. Tinch holatda turgan jismning og'irligi quyidagi formula bilan ifodalanadi: Og'irlik tushunchasini og'irlik kuchi tushunchasi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Ularning bir-biridan farq qiladigan ikki jihatini bilib olish lozim. Birinchidan, og'irlik kuchi - bu jismning Yerga ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
739.24 KB
Ko'rishlar soni
310 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
739.24 KB
Ko'rishlar soni
310 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan