7-sinf Fizika fanidan Jismlarning harakati dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Jismlarning harakati dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Jismlarning harakati dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 1-mavzu: JISMLARNING HARAKATI Tevarak-atrofimizda velosiped, avtomobil va odamlar yurishini; osmonda qush, vertolyot, samolyot va raketalar uchishini (2-rasm); suvda baliq, akula va delfinlar suzishini; Yer Quyosh atrofida, Oy esa Yer atrofida aylanishini kuzatishimiz mumkin. Jismning harakati ma'lum qonun-qoida­­larga bo'ysunadi. Masalan, olimlar kuzatish natijalari asosida osmon jismlarining qaysi vaqtda fazoning qaysi joyida bo'lishini aniqlay oladilar. Jumladan, ular Oy va Quyoshning qachon tutilishini oldindan aytib berishlari mumkin. Har qanday jismning mexanik harakati boshqa jismga nisbatan kuzatiladi. Masalan, avtomobil ko'cha bo'yidagi da­­raxt yoki binolarga nisbatan, daryo suvi qirg'oqlarga nisbatan, samolyot Yerdagi bino, osmondagi bulutlarga nisbatan harakat qiladi. Jism harakati kuzatuvchining vaziyatiga qarab turlicha bo'ladi. Jismning mexanik harakati deb, uning boshqa jismlarga nisbatan fazodagi vaziyatining vaqt o'tishi bilan o'zgarishiga aytiladi. Harakatning nisbiyligi Odatda, jismning vaziyati yerga nisbatan o'zgarmasa, u tinch turibdi, deymiz. Aslida, jismning tinch yoki harakat holati nisbiydir. Qayiqda o'tirgan odam qayiqqa nisbatan tinch holatda bo'lsa, daryo qirg'og'iga nisbatan harakatda bo'ladi. Yerdagi barcha narsalar go'yoki tinch turganga o'xshaydi. Lekin ular Yer bilan birga Quyosh atrofi da aylanadi, ya'ni harakatda bo'ladi. Ma'lum tezlikda ketayotgan poyezd ichida yurib ketayotgan odam vagonga nisbatan kichik tezlikda harakatlansa, tashqaridagi temiryo'l relsiga nisbatan katta tezlikda harakatlanayotgan bo'ladi. Bu odam tezligi turli jismlarga nisbatan turlicha bo'ladi. Boshqa jismlar bo'lmasa, yakka bir jism tezligi haqida biron bir fikr yuritish mumkin emas. Barcha jismlarning harakati nisbiy bo'lib, ularning tinch turishi ham nisbiydir Sanoq jism Harakatning nisbiyligini hisobga olish uchun «sanoq jism» tushunchasi kiritiladi. Masalan, odam va avtomobillarning harakati yoki tinch holati Yerga nisbatan olinadi. Bu holda Yer - sanoq ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 987.61 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 987.61 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga