7-sinf Fizika fanidan Jismlarning o'zaro ta'siri, kuch dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Jismlarning o'zaro ta'siri, kuch dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Jismlarning o'zaro ta'siri, kuch dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 18-mavzu: Jismlarning o'zaro ta'siri. Kuch Tinch turgan jism boshqa jismlar bilan o'zaro ta'sirlashishi natijasida harakatga kelishi mumkin. Harakatlanayotgan jism esa bunday ta'sir natijasida tezligini yoki harakat yo'nalishini o'zgartiradi. Tajriba. Ustiga temir bo'lagi qo'yilgan po'kakni idishdagi suv yuziga qo'ying. Agar suv yuzidagi temirga magnit yaqinlashtirilsa, po'kak ustidagi temir bilan birga magnit tomon suza boshlaydi (55-rasm). Temir bo'lagining harakatiga sabab, uning magnit bilan o'zaro ta'sirlashuvidir. Qo'lingizdagi koptokchani tik yuqoriga otsangiz, u yuqoriga υo boshlang'ich tezlik bilan harakatlana boshlaydi. Bunda koptokchaga siz ta'sir etdingiz. Yuqoriga ko'tarilgan sari Yerning tortishi ta'sirida koptokchaning tezligi kamaya boradi. U ma'lum balandlikka ko'tarilganida, tezligi nolga teng bo'lib to'xtaydi va so'ngra pastga qarab tusha boshlaydi. Stol ustida tinch turgan sharchani turtib yuborsangiz, u joyidan qo'zg'aladi. U harakatga keladi, lekin sharcha va stol sirtining ishqalanishi ta'sirida sharchaning harakati sekinlashib boradi va to'xtaydi. Kuch Jismlarning o'zaro ta'siri miqdor jihatidan turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, metall sharchani katta yoshdagi odam yosh bolaga qaraganda uzoqroqqa uloqtiradi. 100 kg li shtangani har kim ham ko'tara olmaydi. Lekin shtangist uni dast ko'tara oladi. Mexanik ta'sir jismlarning bir-biriga bevosita tegishi (kontaktda bo'lishi) yoki ularning maydoni orqali sodir bo'lishi mumkin. Masalan, yerda turgan yukni tortish, itarish yoki ko'tarish, prujinani cho'zish yoki siqish, iрni eshish (burash) kabi holatlarda ta'sir jismlarning bir-biriga bevosita tegishi orqali yuz beradi. Shuningdek, temir bo'lagiga ta'sir (55- rasm) magnit maydon orqali, jismlarning Yerga tortilishi esa gravitatsion maydon natijasida yuzaga keladi. Fizikada ko'pincha tahlil qilinayotgan jismga qaysi jism va qanday ta'sir qilayotgani ko'rsatilmay, faqat qisqagina qilib jismga kuch ta'sir etmoqda deyiladi. Jismlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 708.09 KB
Ko'rishlar soni 317 marta
Ko'chirishlar soni 43 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 708.09 KB
Ko'rishlar soni 317 marta
Ko'chirishlar soni 43 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga