7-sinf fizika darsligi asosida 15-mavzu: Jismning tekis aylanma harakati TEKIS AYLANMA HARAKAT Biz shu vaqtgacha trayektoriyasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lgan harakatni o'rgandik. Jismning trayektoriyasi to'g'ri chiziq bo'lmagan har qanday harakati egri chiziqli harakatdir. Egri chiziqli harakatlarning eng sodda ko'rinishi esa aylanma harakat bo'ladi. Aylanma harakat haqida tushunchalarga ega bo'lishimiz eng mayda zarracha - elektronlardan tortib sayyoralarning o'z orbitalari bo'yicha aylanma harakatlarini tahlil qilishda, turmushimizda foydalanadigan ko'plab asboblarning aylanma harakat qiladigan qismlarini o'rganishda yordam beradi. Ushbu bobda jismning tekis aylanma harakati bilan tanishamiz. Tekis aylanma harakat haqida tushuncha Soat millari uchining, bir xil tezlikda ketayotgan velosiрed yoki avtomobil g'ildiragining, ishlayotgan ventilyator parragining harakatini tekis aylanma harakat deyish mumkin. Eslatib o'tamiz, tekis deganda yo'nalish bo'yicha tekis emas, vaqt o'tishi davomida bir xil tezlikni tushunishimiz kerak. Agar moddiy nuqta aylana bo'ylab ixtiyoriy teng vaqtlar orasida teng uzunlikdagi yoylarni bosib o'tsa, bunday harakat tekis aylanma harakat deyiladi. Moddiy nuqtaning aylana bo'ylab harakati deganda, aylanma harakat qilayotgan jismning biror nuqtasi ko'zda tutiladi. Masalan, soat milining ma'lum bir nuqtasini, aytaylik, uchini moddiy nuqta deb qarash mumkin. Velosiрed yoki avtomobil g'ildiragining o'qidan ma'lum bir uzoqlikdagi nuqtasini ham moddiy nuqta deb olsa bo'ladi. Bunda g'ildirakning aylanma harakati yerga nisbatan emas, balki velosiрed yoki avtomobil korpusiga nisbatan qaraladi. Aylanma harakatda jismning aylanish o'qidan turli uzoqlikdagi nuqtalari ma'lum Δt vaqt davomida turli uzunlikdagi Δ˘s yoylarni bosib o'tadi. Chiziqli tezlik va burchak tezlik 46-rasmdan ma'lum Δt vaqt ichida jismning A nuqtasi Δ˘s yoyni, A1 nuqtasi Δ˘s1 ni, A2 nuqtasi esa Δ˘s2 yoyni bosib o'tishi ko'rinadi. Bu nuqtalarning vaqt birligida bosib o'tgan ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
216 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
216 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan