7-sinf Fizika fanidan Mexanik ish va uning birliklari mavzusida dars ishlanma

7-sinf Fizika fanidan Mexanik ish va uning birliklari mavzusida dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Mexanik ish va uning birliklari mavzusida dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 39-mavzu: MEXANIK ISH Ish va energiya. Energiyaning saqlanish qonuni Tabiatda mexanik, issiqlik, elektr, yorug'lik, yadro, kimyoviy va boshqa turdagi energiyalar mavjud. Bu energiyalar bir-biriga aylanib turadi. Masalan, mexanik energiya issiqlik energiyasiga, elektr energiya mexanik energiyaga aylanishi mumkin. Bunda energiya turi jihatdan bir-biridan farq qilsa-da, miqdor jihatdan saqlanadi, ya'ni energiya bordan yo'q bo'lmaydi, yo'qdan bor bo'lmaydi. Shu sababli tabiatdagi turli hodisa va jarayonlar energiya orqali bir-biriga bog'langan. Ushbu bobda jismning mexanik harakatida bajarilgan ish, kinetik va potensial energiya, bu energiyalarning bir-biriga aylanishi, to'liq mexanik energiyaning saqlanishi va quvvatni o'rganamiz. Mexanik ish va uning birliklari Kundalik hayotimizda ish deganda ishchi, muhandis, olimlarning foydali mehnatini tushunamiz. Lekin olimning qancha ish qilganligini o'lchab bo'lmaydi. Shuning uchun fizikada faqat o'lchab bo'ladigan kattalik - mexanik ish o'rganiladi. Arava unga ulangan otning tortish kuchi ta'sirida ma'lum masofaga yurdi. Og'zi tiqin bilan berkitilgan suvli shisha idish qizdirilganida uning ichidagi bosim kuchining oshishi natijasida tiqin otilib chiqib, ma'lum masofaga borib tushadi, ya'ni mexanik ish bajariladi. Kuch ta'sirida jismning tezligi kamaygan hollarda (masalan, ishqalanish kuchi) ham ish bajariladi. Agar bor kuchimiz bilan shkafni surishga harakat qilsak, u esa qo'zgalmay joyida turaversa, hech qanday mexanik ish bajarilmaydi. Jism o'z inersiyasi bilan doimiy tezlikda harakatlanayot gan va unga kuch ta'sir etmayotgan bo'lsa, u hech qanday mexanik ish bajarmaydi. Demak, mexanik ish bajarilishi uchun jismga kuch ta'sir etishi lozim va bu kuch ta'sirida jism ma'lum masofaga siljishi kerak. Masalan, tekis sirtda turgan jismga F kuch ta'sir etganda, u shu kuch yo'nalishida to'g'ri chiziq bo'ylab s masofaga ko'chsin. Bunda A ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga