7-sinf Fizika fanidan Notekis harakatda tezlik dars ishlanma

7-sinf Fizika fanidan Notekis harakatda tezlik dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Notekis harakatda tezlik dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 8-mavzu: Notekis harakatda tezlik O'rtacha tezlik Tekis harakat qilayotgan jism istalgan t1, t2, t3, . . . , tn vaqt oraliqlarida mos ravishda s1, s2, s3, . . . , sn yo'lni bosib o'tgandagi tezligi o'zgarmas qiymatga ega bo'ladi: bunda «const» o'zgarmas qiymatni ifodalovchi belgi. Lotinchada constantus - o'zgarmas, doimiy ma'nolarini anglatadi. Tevarak-atrofimizdagi jismlar, asosan, notekis harakat qiladi. Masalan, bir manzildan chiqqan avtomobil yarim soat mobaynida 35 km masofani o'tgan bo'lsin. Avtomobil yo'lda turli tezlikda yurib, yo'lning ayrim qismlaridagina bir xil tezlikda harakat qiladi (31-rasm). Avtomobilning harakati butun yo'lga nisbatan notekisdir. Harakat davomida jism tezligining son qiymati o'zgaruvchan bo'lsa, bunday harakatga notekis harakat deyiladi. 31-rasmda tasvirlangan havorang shaklning yuzi bosib o'tilgan s = 35 km yo'lning son qiymatiga tengdir. Yuqoridagi misolda avtomobilning o'zgarmas tezligi emas, balki o'rtacha tezligi haqida gapirish mumkin. Bunda avtomobilning o'rtacha tezligi 35 km : 0,5 soat = 70 kmsoat ga teng. Notekis harakatda o'rtacha tezlik jism bosib o'tgan yo'lning shu yo'lni bosib o'tishga ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi. O'rtacha tezlikning grafigi o'zgarmas tezlik grafigi kabi gorizontal yo'nalishdagi to'g'ri chiziqdan iborat bo'ladi. (2) formuladan notekis harakatda bosib o'tilgan yo'l quyidagicha ifodalanadi: 31-rasmda tasvirlangan to'g'ri to'rtburchakning yuzi son jihatdan avtomobilning o'rtacha tezligi υo'rt = 70 kmsoat bilan harakat vaqti t = 0,5 soat ko'paytmasiga teng. Bunda o'rtacha tezlik grafigi hosil qilgan shtrixlangan shaklning yuzi notekis harakat tezligi grafigi hosil qilgan havorang shaklning yuziga teng bo'ladi. Oniy tezlik O'rtacha tezlik notekis harakatlanayotgan jismning butun yo'l davomidagi harakatini umumiy tarzda ifodalaydi. Lekin undan yo'lning ixtiyoriy nuqtasidagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga