Nyutonning birinchi qonuni - inersiya qonuni 7-sinf fizika darsligi asosida 19-mavzu: Tajribalar va kuzatishlar jismning tezligi o'z-o'zidan o'zgarib qolmasligini ko'rsatadi. Maydonda yotgan koptokga kimdir ta'sir qilsagina, u harakatga keladi. Ko'chada yotgan toshga hech qanday jism ta'sir etmasa, u o'sha joyda yotaveradi. Ta'sir natijasida jism tezligining miqdorigina emas, balki harakat yo'nalishi ham o'zgarishi mumkin. Masalan, tennis shari raketkaga urilgach, o'z harakat yo'nalishini o'zgartiradi. Jism tezlanish olishi uchun unga boshqa bir jism yoki jismlar sistemasi ta'sir etishi kerak. Jism tezligining o'zgarishi (miqdori yoki yo'nalishi) unga boshqa jismlar ta'siri natijasida yuz beradi. Bir sharga boshqa shar kelib urilsa, tinch turgan shar qandaydir a1 tezlanish olib, harakatga keladi. Shu bilan birga, kelib urilgan shar ham tezligini o'zgartiradi, ya'ni a2 tezlanish oladi. Tezlikning o'zgarishi, ya'ni tezlanish deyilganida, tezlikning miqdorinigina emas, yo'nali shi ham o'zgarishi mumkinligini esda tutish kerak. Agar sharlar bir xil materialdan tayyorlanib, o'lchamlari bir xil bo'lsa, ular olgan tezlanish ham qiymat jihatidan bir xil bo'ladi. Agar o'lchamlari turlicha bo'lsa, katta shar kam tezlanish, kichigi esa katta tezlanish olganini ko'ramiz. Bu holda, katta shar kichigidan inertliroq deyiladi. Tinch turgan jismni harakatga keltirish uchungina emas, balki harakatdagi jismni to'xtatish uchun ham kuch ishlatish kerak bo'ladi. Inersiya (lotincha harakatsizlik, faoliyatsizlik) jismlarning asosiy xossalaridan biri bo'lib, boshqa jismlar ta'sirida jismning qanday tezlanish olishi unga bog'liq. Tajriba o'tkazib ko'raylik. Qiyalikdan tushib kelayotgan aravacha qarshisiga qum to'kib qo'yaylik. Arava qumli to'siqqa kelib urilib, to'xtaydi (61-a rasm). Agar qum kamroq sepilsa, u kattaroq masofaga borib to'xtaydi (61-b rasm). Agar qum umuman sepilmasa, kam qarshilik natijasida arava yanada uzoqroq masofaga borib ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.11 MB
Ko'rishlar soni
302 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.11 MB
Ko'rishlar soni
302 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan