7-sinf fizika darsligi asosida 21-mavzu: Nyutonning ikkinchi qonuni Tezlanish va kuch orasidagi munosabat Jismga kuch ta'sir etmasa yoki ta'sir etuvchi kuchlarning vektor yig'indisi nolga teng bo'lsa, jism o'zgarmas tezlikda harakat qilishini bilib oldik. Tezligini o'zgartirishi, ya'ni tezlanish olishi uchun esa jismga qandaydir kuch ta'sir etishi kerak. Jism tezlanish olishi uchun bu kuch unga qanday ta'sir etadi? Boshlang'ich tezliksiz a tezlanish bilan to'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakat qilayotgan jismning t vaqtda bosib o'tgan yo'li s = at2 2 ko'rinishda ifodalanadi. Bu formuladan jismning tezlanishini topish mumkin: Quyidagi tajribani o'tkazib ko'raylik. 1-tajriba. Gorizontal stol ustida harakatlanadigan m massali aravachani olaylik. Aravachaga D dinamometrni mahkamlab, dinamometrning ikkinchi uchiga G' g'altakdan o'tkazilgan ip orqali P pallachani osamiz. Dinamometrning ko'rsatishlariga qarab, aravachaga ta'sir etayotgan F kuchni aniqlash mumkin. 1. Pallachaga shunday yuk qo'yaylikki, aravacha ushlab turilganda dinamometrning ko'rsatishi, deylik, F1 = 0,1 N bo'lsin. Aravachani qo'yib yuborganimizda, u s = 1 m masofani t1 = 4,5 s da bosib o'tsin. U holda (1) formuladan aravacha olgan tezlanish a1 ≈ 0,1 ms2 ekanligini topamiz (≈ - taqriban, ya'ni yaxlitlangan qiymat belgisi). 2. Pallachadagi yuk massasini oshirib, aravachaga ta'sir etayotgan kuchni F2 = 0,2 N qilib olaylik. U holda aravacha 1m yo'lni t2 = 3 s da bosib o'tganligini aniqlash mumkin. Bunda aravachaning olgan tezlanishi a2 ≈ 0,2 ms2 bo'ladi. 3. Kuch F3 = 0,3 N deb olinganda, aravacha 1 m yo'lni t3 = 2,5 s da bosib o'tadi. Uning olgan tezlanishi esa a3 ≈ 0,3 ms2 ga teng bo'ladi Tajriba natijalaridan ko'rinadiki, aravachaga ta'sir etayotgan F ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
779.06 KB
Ko'rishlar soni
244 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
779.06 KB
Ko'rishlar soni
244 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan