7-sinf Fizika fanidan Nyutonning uchinchi qonuni dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Nyutonning uchinchi qonuni dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Nyutonning uchinchi qonuni dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 22-mavzu: Nyutonning uchinchi qonuni Tabiatda hech qachon bir jismning ikkinchi jismga ta'siri bir tomonlama bo'lmay, doimo o'zaro bo'ladi. Bir jism ikkinchi jismga ta'sir etsa, ikkinchi jism ham birinchi jismga ta'sir ko'rsatadi. 20-§ da o'tkazilgan tajribani yana bir bor tahlil qilib ko'raylik. 66-rasmda tasvirlangan aravachalarning massalari o'zaro teng, ya'ni m1 = m2. Birinchi aravachadagi egilgan plastinka iрi uzib yuborilsa, ikkala aravacha qarama-qarshi tomonga bir xil tezlanish (→ a1 = → a2) bilan harakat qila boshlaydi. Demak, ikkala aravachaga bir xil kattalikda, lekin qarama-qarshi yo'nalgan F1 va F2 kuchlar ta'sir etmoqda. O'zaro ta'sir etuvchi jismlarning massalari turlicha bo'lganda ham bu kuchlar miqdor jihatdan bir-biriga teng bo'ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun 67-rasmda tasvirlangan tajribani yana bir bor tahlil qilib chiqaylik. Unda ikkinchi aravacha ustiga yuk qo'yish bilan uning massasi oshirilgan va m2m1 deb olingan. Bukilgan plastinkani tortib turgan iр uzib yuborilganida, ikkala aravacha ikki tomonga harakatlana boshlagan. Lekin bu gal birinchi aravachaning tezlanishi ikkinchi aravachaning tezlanishidan katta, ya'ni a1a2 bo'lgan. Ikkinchi aravachaning massasi birinchisinikiga nisbatan necha marta katta bo'lsa, uning tezlanishi birinchi aravachanikidan shuncha marta kichik bo'ladi. Lekin har bir aravacha massasining olgan tezlanishiga ko'paytmasi o'zaro teng bo'laveradi: m1 a1 = m2 a2. Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan m1 · a1 = F1 va m2·a 2 = F2. Demak, massalari turlicha bo'lishidan qat'iy nazar, aravachalarning bir-biriga ta'sir kuchlari miqdor jihatdan teng bo'ladi, ya'ni: Ikkita dinamometrni bir-biriga ulab, ularni qarama-qarshi tomonga tortsak (71-rasm), har ikki dinamometr ko'rsatkichi bir xil ekanligini ko'ramiz. Bu birinchi dinamometr qanday kuch bilan tortilsa, ikkinchisi ham ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.23 MB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.23 MB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga