7-sinf Fizika fanidan Og'irlik kuchi dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Og'irlik kuchi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Og'irlik kuchi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 27-mavzu: Og'irlik kuchi Yer yuzidagi jismlar nima sababdan Yerga tortiladi? Ular uchun ham butun olam tortishish qonuni o'rinlimi? Butun olam tortishish qonuni formulasidan foydalanib, Yer sirtidagi ixtiyoriy m1 = m massali jism bilan m2 = M massali Yer sharining o'zaro tortishish kuchini hisoblash mumkin (89-rasm): Bunda jism va Yer orasidagi masofa miqdori sifatida Yer sharining radiusi r = 6,4 · 106 m olinadi. m = 1 kg massali jism bilan M = 6 · 1024 kg massali Yerning tortishish kuchini topaylik: Demak, 1 kg massali jism va Yer bir-birini 9,8 N kuch bilan tortadi. Nyutonning uchinchi qonuniga binoan jism Yerga qanday kuch bilan tortilsa, u Yerni o'ziga shuncha kuch bilan tortadi. Bu kuchlar o'zaro qarama-qarshi yo'nalgandir. Shu bilan birga, 1 kg massali jism 9,8 N kuch bilan Yerga tortilsa, jism bu kuchni sezadi. Massasi juda katta bo'lgan Yer uchun 9,8 N kuch ta'siri sezilmaydi. Demak, bunday holatlarda biz faqat Yerdagi jismlarning Yerga tortilishi haqida gapirishimiz mumkin. Nyutonning ikkinchi qonuniga binoan Yerga tortilish kuchi ta'sirida jismning olgan tezlanishi: Demak, 1 kg massali jism Yerning tortish kuchi ta'sirida 9,8 ms2 ga teng bo'lgan tezlanishga ega bo'ladi. Ixtiyoriy massali, masalan, m = 8 kg yoki 25 kg massali jismlar Yerga qanday kuch bilan tortiladi? Bu kuch ta'sirida ular qanday tezlanishga ega bo'ladi? Demak, jismning massasi qancha bo'lishidan qat'i nazar Yerga tortilish kuchi natijasida a tezlanishning kattaligi bir xil, ya'ni 9,8 ms2 ga teng ekan. Biz bu tezlanishni erkin tushish tezlanishi deb atab, uni g harfi bilan belgilagan edik. Aslida, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 712.52 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 712.52 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga