7-sinf fizika darsligi asosida 41-mavzu: Potensial energiya Ba'zan jismlar ishni bir zumda bajarmasdan, uzoq vaqt davomida bajarishi mumkin. Ular ish bajarish qobiliyatlarini uzoq vaqt saqlay oladi. Masalan, osma soatlarning maxsus toshlarini tepaga ko'tarib, biz ish bajaramiz (131-rasm). Natijada soat mexanizmi toshlar pastga tushishiga qadar ish bajarish qobiliyatiga ega bo'ladi. Og'irlik kuchi ta'sirida asta-sekin pastga tushayotgan toshlar soat mayatnik, g'ildirak va millarini aylantiradi. Toshlar pastga tushgan sari ularning ish bajarish qobiliyati kamayib boradi. Pastga tushgan toshlarni ko'tarib, ularning ish bajara olish qobiliyatini yana tiklash mumkin. Toshlarni ko'targanimizda ularning ish bajarish qobiliyati ortadi, pastga tushgan sari kamayib boradi va polga yoki yerga yetib kelganida butunlay tugaydi. Faqat ko'tarish bilangina emas, balki prujinani siqish yoki burash yordamida ham ish bajara olish qobiliyatini hosil qilish mumkin. Burama soat va o'yinchoqlar shu usulda ishlaydi. Shuningdek, jismni ma'lum tezlikda harakatlantirsak, unda ish bajara olish zaxirasini paydo qilamiz. Masalan, bolta bilan o'tin yorganda, ish bajariladi. Buning uchun boltaga katta tezlik berishimiz kerak. Ko'rilgan barcha misollarda jism vaziyati o'zgartirilib, ish bajarilmoqda (yukni tushirib, siqilgan prujinani cho'zib, tezlikdagi jism harakatini to'xtatib). Bu o'zgartirishlar sodir bo'lmaguncha jism o'zining ish bajarish qobiliyatini saqlab turadi. Jismning o'z vaziyatini o'zgartirishi natijasida bajara olishi mumkin bo'lgan ishi energiya deb ataladi. «Energiya» so'zi yunonchada «faollik» degan ma'noni bildiradi. Energiyaning o'zgarishi shu o'zgarishlarni sodir qilish uchun sarflanadigan ish bilan o'lchanadi. Shuning uchun energiyani ish kabi birliklarda o'lchash lozim. Uning asosiy birligi - joul (J). Mexanik energiya kinetik va potensial energiyaga bo'linadi. Faraz qilaylik, m massali jism h balandlikdan erkin tushmoqda (132-rasm). Bunda jism faqat Yerning tortish ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan