7-sinf fizika darsligi asosida 25-mavzu: Prujina bikirligini aniqlash (2-laboratoriya ishi) Ishning maqsadi: eng oddiy dinamometr prujinasining bikirligini aniqlash orqali jismlarning deformatsiyasi va bikirligi haqida tasavvurlarni kengaytirish, elastiklik kuchi haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash. Kerakli jihozlar: shtativ, eng oddiy dinamometr, yuklar to'plami, millimetrli qog'oz. Ishni bajarish tartibi Prujinadan dinamometr yasash uchun shkalasiga millimetrli qog'oz yopishtiring. Dinamometrni shtativga 87-rasmda ko'rsatilganidek mahkamlang. 3. Dinamometr ko'rsatkichining boshlang'ich vaziyatini shkaladagi millimetrli qog'ozga belgilang. 4. Dinamometr ilgagiga m1 massali yukni iling, uning ta'sirida prujinaning Δl1 uzayishini o'lchang va natijani jadvalga yozing. 5. Massalari m2 va m3 bo'lgan yuk uchun ham prujinaning Δl2, Δl3 cho'zilishlarini o'lchang va natijalarni jadvalga yozing. 6. Dinamometrga osilgan har bir yuk uchun prujinaga ta'sir etgan tashqi kuchlarni Ft = mg formula bo'yicha hisoblang va natijalarni jadvalga yozing (g = 10 ms2 deb oling). 7. Har bir o'lchangan ∆l1, ∆l2, ∆l3 va hisoblangan Ft1, Ft2, Ft3 natijalarni k = Ft ∆l formulaga qo'yib, k1, k2, k3 prujinalar bikirligini hisoblang va natijalarni jadvalga yozing. 8. ko'rt= (k1+ k2+ k3)3 formula bo'yicha prujina bikirligining o'rtacha qiymatini hisoblang va natijani 2-jadvalga yozing. 9. ∆kn = |ko'rt- kn| formuladan absolyut xatolikni toping. 10. ∆ko'rt = (∆k1 + ∆k2 + ∆k3)3 formuladan absolyut xatolikning o'rtacha qiymatini hisoblang. 11. ε = (∆ko'rt ko'rt) ∙ 100% formuladan nisbiy xatolikni toping. 12. Natijalarni tahlil qiling va xulosa chiqaring. Tajriba o'tkazish davomida quyidagi savollarga javob topishga harakat qiling: Dinamometr shkalasi bo'limining qiymati nimaga teng? Dinamometr shkalasining yuqori chegarasi nimaga teng? Yuk osilgan dinamometrning prujina ko'rsatkichi qayerda turishi kerak? Kuchni o'lchashda dinamometrni ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan