7-sinf fizika darsligi asosida 45-mavzu: QUVVAT Quvvat va uning birliklari Bir xil mexanik ishni turli mashina turlicha vaqtda bajarishi mumkin. Masalan, katta kran yerda turgan 10 t g'ishtni 30 m balandlikka 1 minutda olib chiqishi mumkin. Kichik kran esa shuncha g'ishtni 2 t dan 5 marta ko'tarib yuqoriga chiqarishi mumkin. Bunda ikkala kran bir xil ish bajardi, lekin uni bajarish uchun turlicha vaqt sarfladi. Mashina, dvigatel va turli xil mexanizmlarning ish bajara olish imkoniyatini taqqoslash uchun quvvat deb ataladigan fizik kattalik kiritilgan. Bir xil ishni bajaruvchi mashinalardan qaysi biri shu ishni qisqaroq vaqt ichida bajarsa, shunisi quvvatliroq bo'ladi. Mexanizmning quvvati N vaqt birligida bajargan ishi bilan ifodalanadi: Bajarilgan ishning shu ishni bajarish uchun sarflangan vaqtga nisbati quvvat deb ataladi. xalqaro birliklar sistemasida quvvatning asosiy birligi qilib vatt (W) olingan. 1 W deganda 1 s ichida 1 J ish bajaradigan qurilmaning quvvati tushiniladi. Quvvat birligining nomi bug' mashinasini ixtiro qilgan ingliz olimi Jeyms Uatt (Watt) sharafiga qo'yilgan. Amalda quvvatning boshqa birliklari - millivatt (mW), gektovatt (gW), kilovatt (kW), megavatt (MW) ham qo'llaniladi. Quvvatning asosiy va boshqa birliklari orasidagi munosabatlar quyidagicha: Quvvat ish va vaqt kabi skalyar kattalikdir. Quvvat formulasidan ma'lum vaqt ichida bajarilgan ishni topish mumkin: Bu formula ish va energiyaning yana bir-birligini kiritishga imkon beradi. Mexanik ishning birligi 1 W quvvatli mexanizmning 1 s davomida bajargan ishiga teng. Bu birlik vatt-sekund (W · s) deb ataladi. Quvvatni ish bajarish tezligi deb atash mumkin. Transport vositalarining quvvati ot kuchi deb ataluvchi maxsus birlikda o'lchanadi. Taxminan 736 W bo'lgan mexanizmning quvvati 1 ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.32 MB
Ko'rishlar soni
462 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.32 MB
Ko'rishlar soni
462 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
Arxiv ichida: pptx