7-sinf Fizika fanidan Reaktiv harakat dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Reaktiv harakat dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Reaktiv harakat dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

REAKTIV HARAKAT 7-sinf fizika darsligi asosida 38-mavzu: Reaktiv harakat haqida tushuncha Puflab shishirilgan havo sharining og'zini bog'lamasdan qo'yib yuborsak, shar ajoyib trayektoriya bo'yicha uchib ketishini kuzatganmiz. Bunda impulsning saqlanish qonuni bajarilib, havo katta tezlikda shar og'zidan bir tomonga, sharning o'zi esa qarama-qarshi tomonga harakat qiladi. Bu hodisa reaktiv harakatga misol bo'la oladi. Yopiq sistemaning bir qismi biror tezlik bilan harakat qilsa, sistemaning qolgan qismi unga qarama-qarshi yo'nalishda harakatga keladi. Vujudga kelgan bunday harakat reaktiv harakat deyiladi. Reaktiv harakatni tasavvur qilish uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik. Probirkaning yarmigacha suv quyib, tiqin bilan yopaylik va 123-rasmdagidek aravachaga o'rnataylik. Quruq yonilg'i alangasida probirkadagi suvni isitaylik. Suv qaynash darajasiga yaqinlashganda tiqin katta tezlik bilan otiladi, aravacha esa tiqin yo'nalishiga qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. Bunda tiqinni probirkadan otib chiqaruvchi bug'ning bosim kuchiga qarama-qarshi yo'nalgan reaktiv kuch paydo bo'ladi. Reaktiv kuch ta'sirida aravacha tiqin harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanadi. Masalan, tiqinning massasi m1 = 10 g, aravachaning massasi (quruq yonilg'i va probirka bilan birgalikda) m2 = 500 g, tiqin va aravachaning tiqin otilmasdan avvalgi tezliklari υ1 = υ2 = 0, tiqinning otilish tezligi υ1 ′= 10 ms ga teng, deylik. Impulsning saqlanish qonunidan foydalanib, tiqin otilganda aravachaning olgan υ2′ reaktiv tezligini hisoblaymiz. m1 υ1 + m2 υ2 = m1 υ1′ + m2 υ2′ tenglikda υ1 = υ2 = 0 bo'lgani uchun chap tomoni nolga teng bo'ladi: 0 = m1 υ1′ + m2 υ2′. Bundan υ2′ = = − m1 υ1′m2 yoki υ2′ = - 0,2 ms bo'ladi. Reaktiv harakatni tushunib olish uchun yana boshqa tajribalarni ham o'tkazish mumkin. 124-a ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1011.97 KB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1011.97 KB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga