7-sinf fizika darsligi asosida 33-mavzu: Sirpanish ishqalanish. Dumalanish ishqalanish Sirpanish ishqalanish Sirpanish ishqalanish - bu bir jism yuzasi bo'ylab boshqa jism sirpanib harakatlanganida vujudga keladigan ishqalanishdir. Masalan, stol ustidagi kitobni siljitganda, sirpanish ishqalanish hosil bo'ladi. 109-a rasmda tasvirlangan jismni dinamometr orqali tortib, joyidan qo'zg'atamiz. Jism joyidan qo'zg'alish paytida dinamometrning ko'rsatishi keskin kamayadi. Dinamometrni tortish orqali jismni tekis harakatlantirsak, dinamometrning ko'rsatishi o'zgarmay qoladi. Dinamometr ko'rsatishining ana shu o'zgarmas qiymati sirpanish ishqalanish kuchi Fi(s) ga teng bo'ladi. Demak, sirpanish ishqalanish kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchidan kichik bo'ladi (109-b rasm). Agar sirpanayotgan jism ustiga yuk qo'ysak, o'lchanayotgan ishqalanish kuchi ortadi. Tajribaning ko'rsatishicha, gorizontal yo'nalishda tekis harakatlanayotgan jismga ta'sir etuvchi F kuch jismning og'irligi P = mg ga to'g'ri proporsional. Nyutonning uchinchi qonuniga binoan jism ishqalanayotgan yuzaga qanday kuch bilan ta'sir etsa, bu yuza ham jismga shunday kuch bilan aks ta'sir qiladi (110- rasm). Sirpanish ishqalanish kuchi Fi(s) jismga ta'sir etuvchi kuch F ga miqdor jihatdan teng. Aks ta'sir kuchi tayanchning reaksiya kuchi - N deyiladi. Bu kuch doimo yuzaga perpendikulyar yo'nalgan bo'ladi. Demak, sirpanish ishqalanish kuchi - Fi(s) jismning reaksiya kuchi - N ga to'g'ri proporsional: bunda μ (myu) - sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti bo'lib, uning qiymati bir-biriga ishqalanuvchi jismlarning modda turiga, sirtlarining silliqligi va boshqalarga bog'liq. Sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini (1) formuladan topamiz: Ba'zi juft materiallar uchun sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti 3-jadvalda keltirilgan. Dumalanish ishqalanish Bir jism ikkinchi jism yuzasi bo'ylab sirpanmasdan dumalasa, bunda hosil bo'lgan ishqalanish dumalanish ishqalanish deyiladi. G'ildiraklar g'ildiraganda, bochka yoki g'o'lalar dumalatilganda, dumalanish ishqalanish namoyon bo'ladi. Dumalanish ishqalanish hosil bo'lishining asosiy sababi ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan