7-sinf fizika darsligi asosida 46-mavzu: Tabiatda energiyaning saqlanishi. Foydali ish koeffitsiyenti Tabiatda energiyaning aylanishi va saqlanishi Energiyaning saqlanish qonuni faqat mexanik hodisalar doirasidagina emas, balki boshqa barcha fizik hodisalarda ham o'rinli. Bu hodisalarda energiya bir turdan boshqa turga aylanishi mumkin. Masalan, ishqalanish kuchi ta'sirida harakatlanayotgan jism mexanik energiyasining bir qismi issiqlikka aylanadi. Quyoshning yorug'lik energiyasi Yer yuzini isitadi, issiqlik tufayli suv havzalari va nam yerlardan suv bug'lari atmosferaga ko'tariladi, hosil bo'lgan bulutlardan yog'in yog'adi, bu yog'inlar daryolardagi suvni hosil qiladi, daryo suvining potensial energiyasi baland to'g'ondan tushishida kinetik energiyaga aylanadi, suvning kinetik energiyasi gidroelektrstansiyalarda turbinani aylantiradi va elektr energiya hosil bo'ladi, elektr energiya esa xonadonlardagi elektr chiroqlari orqali yorug'lik energiyasiga aylanadi va h.k. Shu tariqa tabiatda energiya yo'q bo'lib ketmaydi, u faqat bir turdan boshqa turga aylanadi. Bu energiyaning saqlanish qonunidir. Tabiatda energiyaning saqlanish qonuni quyidagicha ta'riflanadi: Tabiatda energiya hech vaqt bordan yo'q bo'lmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi, u faqat bir turdan boshqa turga yoki bir jismdan boshqa jismga o'tib, miqdor jihatdan o'zgarishsiz qoladi. Mexanizmlarning foydali ish koeffitsiyenti Har qanday mashina yoki dvigatelning foydali ishi to'liq sarflangan energiyadan kichik bo'ladi. Chunki barcha mexanizmlarda ishqalanish kuchlari mavjud bo'lib, bu kuchlar natijasida qurilmalarning turli qismlari qiziydi. Sarflangan to'liq energiyaning bir qismi issiqlikka aylanib, isrof bo'ladi, qolgan qismi foydali ish bajaradi. Mashina va dvigatellar sarflanayotgan energiyaning qancha qismi foydali ish berishini ko'rsatadigan kattalik - foydali ish koeffitsiyenti (qisqacha FIK) kiritilgan Foydali ishning sarflangan ishga nisbati bilan o'lchanadigan kattalik foydali ish koeffitsiyenti deb ataladi va η harfi bilan belgilanadi. Har qanday mexanizmning foydali ish ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.54 MB
Ko'rishlar soni
433 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.54 MB
Ko'rishlar soni
433 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan