7-sinf Fizika fanidan Tekis o'zgaruvchan harakat tezligi dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Tekis o'zgaruvchan harakat tezligi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Tekis o'zgaruvchan harakat tezligi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 10-mavzu: Tekis o'zgaruvchan harakat tezligi Tekis o'zgaruvchan harakatda tezlik va uning grafigi Agar tekis o'zgaruvchan harakatda jismning boshlang'ich tezligi va tezlanishi ma'lum bo'lsa, uning harakat davomidagi ixtiyoriy vaqtda erishgan tezligini hisoblab topish mumkin. Tezlanishning formulasidan jismning t vaqt davomida olgan υ tezligi quyidagicha topiladi: Jism boshlang'ich tezliksiz (t1 = 0 da υ0 = 0) tekis tezlanuvchan harakat qilganida tezlik formulasi quyidagicha ifodalanadi (Δt = t): Boshlang'ich tezliksiz a = 2 ms2 tezlanish bilan harakat qilayotgan jismning tezlik grafigini chizaylik. Buning uchun a= 2 ms2 deb olib, (2) formulada t ga son qiymatlarni beramiz va unga mos bo'lgan υ ning qiymatlarini hisoblaymiz. Natijalarni quyidagi jadvalga yozamiz: Jadvaldagi t va υ ning son qiymatlarini tegishli koordinatalar o'qiga qo'yib, υ0 = 0 hol uchun tekis tezlanuvchan harakatning tezlik grafigini hosil qilamiz (34-rasm). Tekis o'zgaruvchan harakat uchun tezlik grafiklari to'g'ri chiziqdan iborat. To'g'ri chiziq o'tkazish uchun esa vaqtning ikki qiymati va unga mos kelgan tezliklarni grafikda tasvirlash yetarlidir. Ma'lum bir tezlikda ketayotgan jism tekis tezlanuvchan harakat boshlagan holni ko'rib chiqaylik. Masalan, a = 1,5 ms2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning boshlang'ich tezligi υ0 = 4 ms bo'lsin. U holda (1) formuladan t = 0 uchun υ0 = 4 ms, t = 6 s qiymat uchun υ = 13 ms ekanligini hisoblab topamiz. Ularni koordinatalar o'qiga qo'yib, 35-rasmda tasvirlangan grafikni hosil qilamiz. Bu boshlang'ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jismning tezlik grafigidir. Demak, jism­­ning boshlang'ich tezligi υ0 ≠ 0 bo'lsa, uning grafikdagi to'g'ri chizig'i υ0 = 0 holdagiga (punktir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 647.47 KB
Ko'rishlar soni 309 marta
Ko'chirishlar soni 51 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 647.47 KB
Ko'rishlar soni 309 marta
Ko'chirishlar soni 51 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga