7-sinf Fizika fanidan Tekis o'zgaruvchan harakatda bosib o'tilgan yo'l dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Tekis o'zgaruvchan harakatda bosib o'tilgan yo'l dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Tekis o'zgaruvchan harakatda bosib o'tilgan yo'l dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Tekis o'zgaruvchan harakatda bosib o'tilgan yo'l 7-sinf fizika darsligi asosida 11-mavzu: Yo'l formulasi Tinch holatdagi (υo = 0) jism a tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilib, t vaqt davomida υ tezlikka erishsin. Shu vaqt davomida jismning bosib o'tgan yo'li quyidagicha ifodalanadi: Bunda υo'rt = at2 ekanligidan foydalanib, boshlang'ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakatda bosib o'tilgan yo'l uchun quyidagi formulani hosil qilamiz: Boshlang'ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jismning tezlik grafigi qiyalik bo'yicha yo'nalgan to'g'ri chiziqdan iborat ekanligini bilasiz (38-rasm). Bu rasmda tasvirlangan OBC uchburchak yuzini aniqlaylik. Rasmdagi OABC to'g'ri to'rtburchakning tomonlari at va t ekanligidan, uning yuzi at · t = at2 ga teng. OBC uchburchakning yuzi esa OABC to'rtburchak yuzining yarmiga teng, ya'ni at2 2. Bu jism bosib o'tgan s yo'lni ifodalaydi. υ0 boshlang'ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning t vaqt davomida bosib o'tgan s yo'li 39-rasmda tasvirlangan OABD shakl yuzining son qiymatiga teng bo'ladi. U ikki qismdan - yuzi υ0t bo'lgan OACD to'g'ri to'rtburchak va yuzi at2 2 bo'lgan ABC uchburchakdan iborat. Demak, tekis o'zgaruvchan harakatda jismning bosib o'tgan yo'li quyidagicha ifodalanadi: Yo'l grafigini hosil qilish uchun bosib o'tilgan yo'lning shu yo'lni bosib o'tish uchun sarflangan vaqtga bog'liqligini chizmada ifodalashimiz kerak. Bu chiziq yo'l­­ning vaqtga bog'liqlik grafigi, yoki qisqacha, yo'l grafigi deyiladi. Har qanday tekis harakatlanayotgan jismning yo'l grafigi to'g'ri chiziqdan iborat ekanligini bilamiz Endi tekis o'zgaruvchan harakatdagi jismning yo'l grafigini yasab ko'raylik. Jism tinch holatdan qo'zg'alib (υ0 = 0), a = 2 ms2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan bo'lsin. Yo'l grafigini chizish uchun avval s = ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.03 MB
Ko'rishlar soni 459 marta
Ko'chirishlar soni 108 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.03 MB
Ko'rishlar soni 459 marta
Ko'chirishlar soni 108 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga