7-sinf Fizika fanidan Tekis o'zgaruvchan harakatda tezlanish dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Tekis o'zgaruvchan harakatda tezlanish dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Tekis o'zgaruvchan harakatda tezlanish dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 9-mavzu: Tekis o'zgaruvchan harakatda tezlanish Notekis harakatning eng oddiy ko'rinishi - bu tekis o'zgaruvchan harakatdir. Qiya novdagi sharcha yoki aravachaning harakati tekis o'zgaruvchan harakatga misol bo'la oladi. Tomizg'ich o'rnatilgan aravachaning qiya tekislikdagi harakatini ko'rib chiqaylik. Tomizg'ichdan bir tekisda har 0,5 sekundda bittadan tomchi tushsin. Aravacha qiya tekislikning yuqori nuqtasidan qo'yib yuborilganida harakat trayektoriyasidagi tomchilar orasidagi masofa ortib borganligini kuzatish mumkin (33-rasm). Bunda: 1 va 2-tomchilar orasi: 5 sm - 0 sm = 5 sm; 2 va 3-tomchilar orasi: 20 sm - 5 sm = 15 sm; 3 va 4-tomchilar orasi: 45 sm - 20 sm = 25 sm; 4 va 5-tomchilar orasi: 80 sm - 45 sm = 35 sm. Demak, tomchilar orasidagi masofa har 0,5 s da 10 sm ga ortib bormoqda. Bundan har 0,5 s da aravachaning tezligi 10 sm:0,5 s = 20 sms ga ortib borishini aniqlash mumkin. Ixtiyoriy teng vaqtlar oraligida tezligining son qiymati bir xil kattalikka o'zgarib boradigan jismning harakatiga tekis o'zgaruvchan harakat deb ataladi. Avtomobil joyidan qo'zg'alib, tezligini bir tekis oshirib borsa, uning harakatini ham tekis o'zgaruvchan (tezlanuvchan) harakat deyish mumkin. Jism tezligi bir tekis kamayib borganda ham tekis o'zgaruvchan harakat bo'ladi. Masalan, sharchani qiya tekislikda pastdan yuqoriga dumalatganda uning tezligi tekis o'zgaruvchan (sekinlanuvchan) bo'ladi. Tekis to'g'ri yo'lda katta tezlikda ketayotgan avtomobilning motori o'chirilsa, u tekis o'zgaruvchan (sekinlanuvchan) harakat qilib, ma'lum yo'lni bosib o'tgandan keyin to'xtaydi. Bundan buyon tekis o'zgaruvchan harakat deganda, tezligining son qiymati tekis ortib boruvchi yoki tekis kamayib boruvchi harakat ko'zda tutiladi. Tezlanish va uning birligi Tekis ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 579.67 KB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 579.67 KB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga