7-sinf Fizika fanidan Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishi dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

TEKIS TEZLANUVCHAN HARAKATLANAYOTGAN JISM TEZLANISHINI ANIQLASH 7-sinf fizika darsligi asosida 12-mavzu: (1-laboratoriya ishi) Ishning maqsadi: qiya novdan dumalab tushayotgan sharchaning bosib o'tgan yo'li va harakat vaqtini o'lchash orqali tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlashni o'rganish. Kerakli jihozlar: metall nov, po'lat sharcha, shtativ, metall silindr, o'lchov tasmasi, sekundomer. Ishni bajarish tartibi 41-rasmda ko'rsatilganidek, metall novni shtativga o'rnating, metall silindrni novning quyi uchiga joylashtiring. Novning yuqori uchidan qo'yib yuborilgan sharcha novning quyi uchidagi silindrga borib urilgunga qadar o'tgan vaqtni sekundomer yordamida o'lchang. 3. Tajribani 3 marta takrorlang. Har gal sharchaning harakat vaqti t1, t2, t3 ni o'lchang. Natijalarni 1-jadvalga yozib boring. 4. O'lchov tasmasi yordamida sharchaning bosib o'tgan s yo'lini o'lchang 5. Tekis tezlanuvchan harakatda jism bosib o'tgan yo'l s = at 2 2 formuladan tezlanish formulasi a = 2st 2 bo'ladi. Tajribada o'lchangan s yo'lni va har bir t1, t2, t3 vaqtni birma-bir tezlanish formulasiga qo'yib, a1, a2, a3 tezlanishlarni hisoblang. 6. ao'rt = (a1 + a2 + a3)3 formula yordamida o'rtacha tezlanishni hisoblang. Olingan bu qiymat qiya novdan dumalab tushayotgan sharchaning tezlanishini ifodalaydi. 7. Ushbu tajribani novning qiyaligi uch xil bo'lgan holat uchun bajaring. 8. ∆an = |ao'rt - an| formuladan absolyut xatolikni toping. 9. ∆ao'rt = (∆a1 + ∆a2 + ∆a3)3 formuladan o'rtacha absolyut xatolikni hisoblang. 10. ε = (∆ao'rt ao'rt ) ∙ 100% formuladan nisbiy xatolikni toping. 11. Natijalarni tahlil qiling va xulosa chiqaring. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 438.74 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 438.74 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga