7-sinf fizika darsligi asosida 6-mavzu: To'g'ri chiziqli tekis harakat tezligi Agar bir xil vaqt oralig'ida bosib o'tilgan yo'l turlicha bo'sa, bir xil masofani o'tishi uchun turlicha vaqt sarflanadi. Masalan, bir xil masofani bosib o'tish uchun avtomobil velosipedchidan kam vaqt sarflaydi. Piyoda bir minutda 100 m masofani bosib o'tsa, Yerning sun'iy yo'ldoshi bu vaqtda 500 km, yorug'lik nuri esa 18 mln kilometrni o'tadi. Kuzatishlarimizdan bir jism ikkinchi jismdan tez yoki sekin harakatlanishini bilamiz. Masalan, velosiрed odamdan tez, avtomobil odam va velosiрeddan tez, tez yurar poyezddan esa sekin harakat qiladi. Samolyotning harakati esa poyezdnikidan ham tezdir (26-rasm). 6-sinf fizika darslaridan jismning bosib o'tgan yo'li s, shu yo'lni bosib o'tishiga ketgan vaqt t, harakat tezligi υ bilan belgilanishini bilasiz. Shularga asosan tekis harakatdagi formulasi quyidagicha ifodalangan edi: Jismning tekis harakatidagi tezligi jism bosib o'tgan yo'lning shu yo'lni bosib o'tish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi. Jismning tekis harakatdagi tezligi yo'lning istalgan qismida bir xil son qiymatga ega bo'ladi. Har qanday son 1 ga bo'linsa, natija shu songa teng ekanligi ma'lum. Agar (1) formulada t = 1 s bo'lsa, bo'lib qoladi. Demak, tekis harakatda birlik vaqtda bosib o'tilgan yo'l son jihatdan tezlikka teng ekan. Tezlikka quyidagicha ta'rif berish mumkin: Jismni vaqt birligida bosib o'tilgan yo'liga son jihatdan teng bo'lgan kattalikka tezlik deb ataladi. Yuqorida keltirilgan misollarda vaqt birligi sifatida 1 soat olingan. Agar odam 1 soatda 18 km, velosiрed 36 km, avtomobil 90 km, poyezd 144 km, samolyot esa 900 km masofani bosib o'tsa, ularning 1 sekundda qancha masofani bosib o'tishini, ya'ni vaqt sekundlarda ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
904.47 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
904.47 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
Arxiv ichida: pptx