To'g'ri chiziqli tekis harakatning grafik tasviri 7-sinf fizika darsligi asosida 7-mavzu: Tezlik formulasidan yo'l va vaqtni topish Jismning harakat tezligi ma'lum bo'lsa, tezlik formulasidan uning ixtiyoriy vaqt ichida bosib o'tgan yo'lini topish mumkin: Masalan, jism υ = 8 ms tezlik bilan tekis harakatlanayotgan bo'lsa, u t = 10 s davomida s = υ t = 8 ms · 10 s = 80 m yo'lni bosib o'tadi. Jismning tekis harakatdagi tezligi va bosib o'tgan yo'li ma'lum bo'lsa, tezlik formulasidan uning harakatlanish vaqtini topish mumkin: Tekis harakatlanayotgan jismning harakatlanish vaqtini topish uchun shu vaqt davomida bosib o'tgan yo'lni tezlikka bo'lish kerak. Tezlik grafigi Tekis harakatda t vaqt orta borishi bilan jism tezligi o'zgarmay qolaveradi. Masalan, to'g'ri chiziqli tekis harakat qilayotgan jismning boshlang'ich tezligi 10 ms bo'lsa, 10 s, 20 s, 30 s, 40 s, 50 s dan keyin ham uning tezligi 10 ms ga teng bo'laveradi. Bu holda tezlik grafigini 28-a rasmda ko'rsatilganidek tasvirlash mumkin. Umumiy hol uchun aytish mumkinki, tekis harakatda tezlik grafigi vaqt o'qiga parallel bo'lgan o'zgarmas to'g'ri chiziqdan iborat bo'ladi. Harakatlanish vaqti t ga to'g'ri keluvchi grafik ostidagi shakl to'g'ri turtburchak bo'lib, bu turtburchakning yuzi son jihatdan jism o'tgan yo'l s ga teng bo'ladi (28-b rasm). Yo'l grafigi Jism υ = 5 ms tezlik bilan harakatlanayotgan bo'lsin. Yo'l formulasi s = υt dagi t ga son qiymatlarni berib, s yo'lning tegishli qiymatlarini topamiz va natijalarni jadvalga yozamiz: Jadvaldagi t vaqtning har bir qiymatiga to'g'ri kelgan s yo'lning mos qiymatlarini koordinata o'qlarida aks ettirsak, yo'l grafigini hosil qilamiz (29-a rasm). ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 21:56:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
939.23 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
939.23 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
Arxiv ichida: pptx