7-sinf Fizika fanidan Yerning tortish kuchi ta'sirida jismlarning harakati dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Yerning tortish kuchi ta'sirida jismlarning harakati dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Yerning tortish kuchi ta'sirida jismlarning harakati dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 30-mavzu: Yerning tortish kuchi ta'sirida jismlarning harakati Gorizontal otilgan jismning harakati Miltiqdan gorizontal yo'nalishda otilgan o'qning, motori o'chib qolgan samolyotning yoki undan tashlab yuborilgan jismlarning harakat trayektoriyasi qanday bo'ladi, ular qayerga borib tushadi, degan savollarga javob topaylik. Faraz qilaylik, jism 80 m balandlikdagi minoradan yerga vertikal yo'nalishda tashlandi. Havoning qarshiligi hisobga olmasa ham bo'ladigan darajada kichik va g =10 ms2 deb olsak, h = gt2 2 formula yordamida jism 1 s da 5 m, 2 s da 20 m, 3 s da 45 m, 4 s da 80 m masofani bosib o'tishini ko'rish mumkin. Endi jism baland minoradan υo boshlang'ich tezlik bilan gorizontal yo'nalishda otilsin (98-rasm). Bu harakatlar natijasida u minoradan s masofa uzoq­­likka borib tushadi. Gorizontal yo'na - lishda otilgan jism harakatini tahlil qilib, unda ikkita ajoyib natijani kuzatish mumkin. Birinchi natija. 80 m balandlikdan tashlangan jism 4 s da yerga tushadi. Shu balandlikdan 5 ms, 10 ms, 15 ms, 20 ms boshlang'ich tezlik bilan gorizontal yo'nalishda otilgan jismlar ham bir xilda 4 s da yerga tushadi. Hattoki, ularning 1 s, 2 s, 3 s oxirida yerdan balandliklari ham bir xil bo'lib, boshlang'ich tezliksiz tashlangan jismdagi kabi bo'ladi. Balandlikdan boshlang'ich tezliksiz tashlangan jism yerga qancha vaqtda tushsa, shu balandlikdan gorizontal yo'nalishda otilgan jism ham shuncha vaqtda yerga tushadi. Ikkinchi natija. Gorizontal otilgan jism ixtiyoriy teng vaqtlar orasida minoradan bir xil masofaga uzoqlashib boradi. Agar yerga jismning egri chiziqli harakatining proyeksiyasi tushirilsa, uning proyeksiyasi to'g'ri chiziqli tekis harakatni ifodalaydi. Shuning uchun minora ostidan jismning tushgan joyigacha ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga