7-sinf Fizika fanidan Yuklama va vaznsizlik dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Yuklama va vaznsizlik dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Yuklama va vaznsizlik dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 29-mavzu: YUKLAMA VA VAZNSIZLIK Yuklama Prujinaga m massali jism osib, uni tinch holatda ushlab turaylik. Muvozanat holati tiklanganda jismning og'irligi: bo'ladi (93-a rasm). Agar prujinani keskin yuqoriga harakatlantirsak, uning muvozanat holatidagiga nisbatan cho'zilganligini ko'ramiz (93-b rasm). Demak, yuqoriga yo'nalgan tezlanishda yukimizning og'irligi ortadi. Buning sababini Nyutonning ikkinchi qonuni yordamida tushuntirish mumkin. Yuk yuqoriga a tezlanish bilan harakatlantirilganida, prujinaga og'irlik kuchidan tashqari qo'shimcha ma kuch ta'sir etadi. Bunda og'irlikning qiymati o'girlik kuchi va qo'shimcha kuch yig'indisiga teng bo'ladi: Jism yuqoriga tik yo'nalishda a tezlanish bilan harakatlanganda, uning og'irligi ma miqdorida ortadi. Bu yuklama deb ataladi. (2) va (1) formulalardagi og'irliklar nisbati n = (g + a)g ga teng bo'lib, yuklamani hosil qiladi. Bu formula yordamida yuklama miqdorini hisoblash mumkin. Demak, yukning o'z ostidagi tayanchga ta'sir etayotgan og'irligining miqdori og'irlik kuchidan tashqari yukning tezlanishi bor yoki yo'qligiga ham bog'liq ekan. Jism og'irligi bilan og'irlik kuchi ayirmasi noldan farqli bo'lishining sababi uning tezlanishga ega ekanligidir. Hayotimizda yuklamaning namoyon bo'lishini ko'p uchratganmiz. Masalan, tinch holatdagi lift ko'tarila boshlaganida, u a tezlanish oladi. Bunda uning ichida turgan odam lift poliga odatdagidan ma ga ko'p kuch bilan bosadi (94-rasm). Raketa katta tezlanish bilan uchirilganda, uning ichidagi kosmonavt katta yuklamaga dosh berishi kerak. Vaznsizlik Endi prujinani yuki bilan birgalikda keskin pastga harakatlantiraylik. Bu harakat boshlanganida ma'lum uzunlikka cho'zilib, muvozanat holatida turgan prujina siqiladi (95-a rasm). Bir zumda prujinaning elastiklik kuchi jismning og'irligi bilan muvozanatga keladi va jism ham pastga a tezlanish bilan harakatlana boshlaydi. Prujina cho'zilishining kamayishi esa jism og'irligi kamayganligini ko'rsatadi. Bunda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 719.99 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 719.99 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga