7-sinf Fizika fanidan Yuqoriga tik otilgan jismning harakati dars taqdimoti

7-sinf Fizika fanidan Yuqoriga tik otilgan jismning harakati dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Fizika fanidan Yuqoriga tik otilgan jismning harakati dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 14-mavzu: YUQORIGA TIK OTILGAN JISMNING HARAKATI Har qanday jism yuqoriga otilganida, u qandaydir balandlikka ko'tarilib, yana qaytib yerga tushadi. Endi bu harakatni tahlil qilib ko'raylik. Bizni jism qanday tezlanish bilan harakat qilishi qiziqtiradi. Jism yuqoriga tik otilganda, u tekis sekinlanuvchan harakat qiladi. Bunda jismning erkin tushish tezlanishi g o'rniga manfiy -g olinadi. U holda υ = υ0 + gt formuladan foydalanib, yuqoriga tik otilgan jismning ixtiyoriy t vaqtdagi tezligi quyidagicha topiladi: 49-betdagi (5) formuladan esa yuqoriga tik otilgan jismning ixtiyoriy t vaqtdagi ko'tarilish balandligini aniqlash mumkin: Tajribaning ko'rsatishicha, ma'lum bir nuqtadan yuqoriga tik otilgan jismning yuqoriga ko'tarilishiga qancha vaqt ketsa, shu nuqtaga qaytib tushishiga ham shuncha vaqt ketadi. Masalan, jism υ0 = 20 ms tezlik bilan yuqoriga tik otildi, deylik (45-rasm). g = 10 ms2 deb olib, quyidagi hisoblashlarni bajaraylik. Jism eng yuqori balandlikka ko'tarilganida, uning tezligi υ = 0 bo'ladi. U holda (1) formuladan eng yuqori balandlikka ko'tarilgunga qadar ketgan vaqtni hisoblash mumkin: (2) formulada υ0 = 20 ms deb olib, jism otilgan nuqtadan qancha balandlikka ko'tarilishini hisoblaylik: Jism eng yuqori nuqtaga ko'tarilganida boshlang'ich tezlik υ0 = 0 bo'lib, endi u g tezlanish bilan pastga tusha boshlaydi. Pastga tik harakatlanishida jism 2 sekund davomida qancha masofani bosib o'tishini hisoblaylik: Demak, jism 2 sekundda qancha balandlikka ko'tarilsa, yana 2 sekundda ana shuncha masofani o'tib, otilgan nuqtasiga qaytib tushar ekan. Endi jism qaytib tushishida t = 2 s vaqt o'tganda qanday tezlikka erishishini hisoblaylik: Jism yuqoriga shunday tezlik bilan otilgan edi. Yuqoriga tik otilgan jism qancha vaqt ...


Ochish
Joylangan 14 Oct 2022 | 21:56:32
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 267 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan 14 Oct 2022 [ 21:56 ]
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 267 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: 10.04.2025 [ 20:13 ] O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga